Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sergey Arslanov: «Biz eng yuqori maqsadlarni ko‘zlayapmiz»

Sergey Arslanov: «Biz eng yuqori maqsadlarni ko‘zlayapmiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi «Nasaf» – «Surxon» uchrashuvidan keyin termizliklar ustozi Sergey Arslanov o‘z fikrlarini bildirdi.

— O‘yin haqida.
— Hammaga xayrli kech. Birinchi navbatda «Nasaf»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bitta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘ldik. O‘yin kurashlarga boy bo‘ldi. Afsuski, yagona penalti o‘yin natijasini hal qildi. Har doimgi o‘yin uslubimizni bugun ham ko‘rsata oldik. Bu kubok o‘yini. Bugun o‘yin amaliyoti kam bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Shamil Gasanov ham jarohatdan keyin bugun birinchi marta maydonga tushdi. Darvozabonimiz Azizxon Isakov ham jarohatidan tiklanib, rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. Bugungi o‘yinimiz yaxshi bo‘ldi, bog‘lamlar ham yaxshi ishladi. Biroq, natija qoniqarli bo‘lmadi.

— Asilbek Jumayev nega o‘zgartirdingiz?
— Jumayev kelajagi bor, iqtidorli o‘yinchi. O‘zgartirishga kelsak, chempionat o‘yinlariga qadar tiklanish uchun juda kam vaqt bor. Bizda tiklanish uchun uch kun vaqt bor, bundan tashqari bizni uzoq yo‘l kutib turibdi. Shu sabab ham uni biroz asrashni maqsad qildik.

— «Surxon» jamoasi oldiga ushbu mavsum qanday maqsad qo‘yilgan?
— Ko‘p beriladigan savol. Maqsadlarimiz ancha yuqori. Jamoamiz yosh, ambisiyalarga ega. Biz ham murabbiy sifatida eng yuqori maqsadlarni ko‘zlayapmiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 23:06, 03.05.2023.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик