Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo Kubogini birgalikda o‘tkazishadi-mi?

Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo Kubogini birgalikda o‘tkazishadi-mi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Kecha, Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) prezidenti Rustam Emomali Dushanbeda bo‘lib o‘tgan kongressda Markaziy Osiyo davlatlari 2031 yoki 2035 yillarda Osiyo Kubogini o‘tkazish uchun ariza berishini aytdi.

«Markaziy Osiyo mintaqasi qachon Osiyo Kubogining final bosqichiga mezbonlik qilmagan. Menimcha, bu vaqt keldi. Hududda juda kuchli jamoalar ishtirok etmoqda va ishonchim komil, qardosh davlatlar bilan birgalikda Osiyo chempionatining final qismini yuqori saviyada o‘tkazamiz. Biz 2031 yoki 2035 yilgi Osiyo Kubogini Markaziy Osiyoda o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirishga qaror qildik», dedi Rustam Emomali.

O‘z navbatida OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Ol-Xalifa CAFA rahbari Rustam Emomalining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu mamlakatlar Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishga munosib ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) 1-vise-prezidenti, OFK Ijro qo‘mitasi a’zosi Ravshan Ermatov CAFA prezidenti Rustam Emomali tashabbusi haqida fikr bildirdi.

«Biz CAFA prezidenti Rustam Emomalining Osiyo Kubogining final qismini Markaziy Osiyoda o‘tkazish uchun ariza berish tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish uchun qo‘shma ariza topshirish mintaqamizda futbolning barcha jabhalarini rivojlantirish yo‘lidagi juda yaxshi qadamdir. Avvalo, infratuzilma borasida mavjud stadionlarni tartibga keltiramiz, OFK va FIFA standartlariga javob beradigan yangi stadionlarni quramiz. Agar bizga Osiyo Kubogi final qismini o‘tkazishga ishonch bildirilsa, bizni katta futbol bayrami kutayotganidan juda ruhlanamiz. Bu esa do‘st va qardosh mamlakatlarni futbol orqali birlashtiradi», dedi Ermatov.

2014 yil iyun oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) OFK beshta hududidan biriga kiradi. Tashkilot 6  davlat – Turkmaniston, Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston futbol assosiasiyalarini birlashtiradi.

Osiyo Kubogi (AFC Asian Cup) Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) boshchiligida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo milliy jamoalarining asosiy musobaqasidir. Turnir 1956 yildan beri o‘tkazilmoqda. Unda Yaponiya milliy jamoasi eng ko‘p – 4 marta g‘alaba qozongan.

O‘zbekiston milliy jamoasining eng katta yutug‘i 2011 yilda Qatardagi turnirda qayd etilgan: Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi milliy jamoa kuchli to‘rtlikka kirishga erishgan.

Navbatdagi Osiyo Kubogi 2024 yil yanvarida Qatarda bo‘lib o‘tadi. Turnirda 24 ta jamoa qatnashadi. 2027 yilgi Osiyo Kubogi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:00, 04.05.2023.
O'qildi: 1839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик