Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Timur Kapadze: «Futbolchi o‘zini jilovlay olmasa, uni terma jamoaga chaqirmayman»

Timur Kapadze: «Futbolchi o‘zini jilovlay olmasa, uni terma jamoaga chaqirmayman»

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» — «Olimpik» uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
— O‘yin qiziqarli ruhda bo‘ldi. Biz g‘alabaga yaqinroq edik. Ikkala jamoa ham yaxshi harakat qildi. O‘yin kurashlarga boy bo‘ldi. Yo‘l qo‘ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz.

— «Olimpik» birinchi bo‘limni yaxshi boshlab, gol ham urdi. Ikkinchi bo‘limda esa butkul o‘zgardi, zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar uchrashuv tempini pasaytirib yubordi.
— Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik. Hakam ba’zi vaziyatlarda yaxshi qaror chiqarsa bo‘lardi. Qaysidir vaziyatda raqib futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatsa bo‘lardi. Ikkinchi bo‘limda charchoq alomati sezildi. O‘zgarishlarni ertaroq qilishimiz kerak edi. Biroq vaziyatlar uchun kuch topa oldik. Raqibda ikki taymda ham vaziyat yuzaga keldi. Menimcha, durang o‘yinga mos bo‘ldi. Bunaqa o‘yin tempiga tushish qiyinchilik tug‘diradi. Ikkinchi bo‘limda qarshilik yetarlicha bo‘ldi.

— Jamoa so‘nggi 6 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi. Bu jamoaning muammosimi?
— Mashg‘ulot jarayonalarida ushbu jihat ustida ish olib bormoqdamiz. Hujumchi bir nechta o‘yinda gol urmasa, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi va gol urishga bir oz qiynaladi. Ushbu holatni to‘g‘irlaymiz va ushbu masalani hal qilish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Avvalari o‘yinlarda 2-3ta gol urardik. Hozir bu borada muammoga duch kelmoqdamiz.

— Ruslan Jiyanovning jismoniy holati haqida nima deya olasiz?
— Ha, muammo bor. Lekin men unga sovuqqonlik yetishmayotganini sezyapman. U taktik, texnik, jismoniy jihatdan ham kuchli futbolchi. Hali u o‘z holatini yaxshilashiga ishonaman. Bunday muammo butun hujum chizig‘idagi futbolchilarda mavjud.

— Futbolchilar «Bunyodkor» o‘yinchilari tomonidan «provokasiya»ga uchrashi mumkin edi. Ushbu holat futbolchilar bilan o‘yin avvalida gaplashib olganmidingiz?
— Biz «Bunyodkor» jamoasi o‘yinini tahlil qilib chiqdik. Mavsum boshidanoq yigitlarimiz ko‘p qizil kartochklar olishdi va yetarlicha hulosa chiqarishdi deb o‘ylayman. Bunday vaziyatlarda yigitlar o‘zini sovuqqon tutishi kerak. Birinchi navbatda, qizil kartochka futbolchilarga zarar, ular o‘yinni o‘tkazib yuboradi va jamoani og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Olimpiya terma jamoasiga jalb etiladigan futbolchilarga buni uqtirganman. Futbolchi o‘zini jilovlay olmasa, uni terma jamoaga chaqirmayman. Sababi, muhim o‘yinda u provokasiyaga uchrab, maydondan chetlatilishi mumkin. Shogirdlarim bundan xabardor.

— «Olimpik» posbonidan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?
— Men o‘tkazib yuborilgan golni ko‘rmadim. Himoyachimiz o‘sha vaziyatda xato qildi, menimcha. Umuman olganda, bu normal holat. Hali shogirdlarim tajribaga ega bo‘lishi kerak. Ular rivojlanib bormoqda. Bizning vazifamiz ularga imkoniyat berish. Bugun rahbariyat va mehmonlar ham tashrif buyurgandi. Bunday bosim ostida o‘ynash oson emas.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 22:30, 06.05.2023.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.