Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi 1-0 Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
26/04 19:00 Mash’al 0-0 Surxon
26/04 19:00 Brayton 3-2 Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl 3-0 Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton 1-2 Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton 3-0 Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) - Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

“Arsenal” tarbiyalanuvchisi “Nyukasl”ning yetakchisiga aylandi

“Arsenal” tarbiyalanuvchisi “Nyukasl”ning yetakchisiga aylandi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" va "Arsenal" - bu mavsumda Premyer-liganing asosiy kutilmagan hodisalai deb aytsak bo‘ladi. Londonliklar “Manchester Siti” bilan chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda, “magpiylar” esa Chempionlar ligasidagi o‘rnini deyarli qo‘lga kiritishdi.

Klublarning taraqqiyoti Eddi Xau va Mikel Artetaning ajoyib murabbiylik faoliyati hamda malakali transfer siyosati tufaylidir. "Nyukasl"ning kashfiyotlaridan biri "Arsenal"dan olib kelingan yarim himoyachi Jozef Uillokning bo‘ldi. Bugun “Arsenal” nega o‘z tarbiyalanuvchisini sotganini va u qanday qilib “Sent-Jeyms Park”da yulduzga aylanganini ko‘rib chiqamiz.

Uillok “Arsenal” akademiyasiga 4,5 yoshida borgan. Jo 13 yil ichida barcha bosqichlarni bosib o‘tdi va 2017 yil sentyabr oyida asosiy tarkibda debyut qildi. Uillok Liga kubogi doirasidagi “Donkaster”ga qarshi bahsning 84-daqiqasida maydonga tushdi. Premyer-ligadagi birinchi o‘yinni olti oy kutishga to‘g‘ri keldi. Ajablanarlisi shundaki, u 2018 yil aprel oyida "Nyukasl"ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri kelgan edi.

2017/2018 va 2018/2019 yilgi mavsumlarda Uillok asosiy o‘yinchi sifatida hisoblanmadi. Jo vaqti-vaqti bilan maydonga tushar edi. Haqiqiy yutuq 2019/2020 yilgi mavsumda kuzatildi. Ammo statistika oddiyligicha qoldi: 44 uchrashuvda u atigi beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shunga qaramay, Uillok 2020/2021 yilgi mavsumni "Arsenal"da boshladi va hatto 17 uchrashuvda oltita (uchta gol va uchta golli uzatma) samarali harakat qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo 2021 yilning yanvarida Jo "Nyukasl"ga ijaraga yuborildi.

Nyukasl-apon Taynga ko‘chib o‘tganidan keyin Uillok 2021 yilning bahorida 14 o‘yinda sakkizta gol urdi. U birinchi marta Premer-liganing ketma-ket olti o‘yinida gol urdi va liga tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi (21 yoshu 272 kun). Mavsumning so‘nggi, 38-turida esa u “Fulxem” darvozasiga gol urib, seriyani yettita uchrashuvga yetkazdi. Uillok Alan Shirerning rekordini takrorladi, u ham avvalroq “Nyukasl” uchun ketma-ket yettita o‘yinda gol urgan edi.

Mavsum oxirida "Nyukasl" Uillokni doimiy ravishda jamoada olib qoldi. Angliyalik futbolchining transferi 28 million yevroga tushdi. Jo "Nyukasl" bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. 2021/2022 yilgi mavsumda yarim himoyachining o‘yinida tushish bo‘ldi: 31 o‘yinda u atigi ikki gol urdi. Ammo bu qisman mavsum boshidagi "Nyukasl" inqirozi bilan bog‘liq bo‘lib, klubga qo‘shilgandan so‘ng Eddi Xau hujumda ko‘pincha boshqa o‘yinchilar - Kallum Uilson, Allan Sen-Maksimin, Joelington va Bruno Gimarayshlarga tayandi.

Ammi Uillok joriy chempionatda yana porlay boshladi. Mavsumning barcha musobaqalardagi 40 o‘yinida ingliz futbolchisi uchta gol urdi va oltita samarali uzatma berdi.

"Arsenal" Uillokni qo‘yib yuborganidan afsusdami? Balki. Jamoa uning uchun katta pul oldi, yarim himoyada yaxshi o‘yinchilar yetarli. Ammo u "Nyukasl"ning yetakchilaridan biriga aylandi va endi jamoani 20 yil ichida birinchi marta Chempionlar Ligasidagi ishtirokiga olib bormoqda. Demak, uning jamoadan ketishidan ikkala tomon ham foyda ko‘rdi.

Kiritildi: 20:03, 07.05.2023.
O'qildi: 3675 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz