Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Sergey Arslonov: «Peshqadamga qarshi bir ochko ham yaxshi natija»

Sergey Arslonov: «Peshqadamga qarshi bir ochko ham yaxshi natija»

Baho:
+ | -

Superliga 9-turida «Neftchi» bilan durang o‘ynagan «Surxon» klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov birinchi taymdagi nursiz o‘yin, Nimelining bugungi kundagi formasi, raqib jamoa, raqib jamoa bosh murabbiyi va iste’dodlar haqida fikr bildirdi.

«Kuchli jamoa bilan o‘yinda qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritdik. Bugun ham ikki xil taym ko‘rdik. Birinchisida unchalik ham omadimiz kelmadi, deyarli vaziyat yaratmadik. Ochig‘i, bunga raqib imkon bermadi. Ikkinchi taymda to‘pni nazorat qilishga harakat qildik. Ko‘proq hujum qildik va yakunda durang o‘ynadik. Bundan xursandmiz. Kuchli jamoaga qarshi ochko ham natija», - deydi Arslonov

«Nimelining bugungi kundagi formasi yaxshi. U bugun bunday formaga kirmadi. Avvalgi o‘yinlarda ham shunday harakat qilgandi. Uning tirishqoqligi va hujumlarda chaqqon harakat qilishi bizga yordam berayapti. Masalan, bugun ham birinchi taymda yarimta vaziyatdan foydalana oldi va deyarli assist amalga oshirdi. Ikkinchi taymdagi harakatlari ham har maqtash uchun arzirli. Gol urdi va jamoaga ochko taqdim etdi. Umuman, jamoadagi barcha birdek harakat qilayapti. Barcha futbolchilarning harakatlari tahsinga sazovor».

«Neftchi» tarkib va mahorat borasida bizdan ancha kuchli. Ijrochilar ham ularda yaxshiroq. Ammo, shunday jamoaga qarshi o‘yinda bugun ochko oldik. To‘pni nazorat qilishda, umuman hech qanday aspektda ulardan qolishmadik. Balki, qaerdadir yaxshiroq o‘ynagandirmiz”.

«Levchenkoni murabbiy sifatida anchadan beri taniyman. Qolaversa, uning qo‘l ostida biroz muddat o‘ynaganman. U futbolchi sifatida ham kuchli va aqli edi. Murabbiy sifatida esa ancha kuchli mutaxassis ekani aytishim mumkin. Uning jamoalari taktik jihatdan yaxshi, maydonda turli taktik sxemalarni qo‘llaydigan va tartibli jamoalar».

«Bizda turli yoshda mamlakatimizda iste’dodli futbolchilar etarli. Faqat ularni to‘g‘ri va asosiysi, foydali yo‘naltirish muhim. Mamlakatimizda bunday yoshlar yetarli».

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 23:02, 07.05.2023.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.