Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Terzich: «Yigitlarning jamoaviy futbol o‘ynashini tomosha qilish yoqimli»

Terzich: «Yigitlarning jamoaviy futbol o‘ynashini tomosha qilish yoqimli»

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Edin Terzich Bundesliganing 31-turi doirasidagi «Volfsburg» ustidan qozonilgan g‘alabadan (6:0) mamnun.

«Biz bahs boshidan oxirigacha mutlaq yuqori o‘yin ko‘rsatdik, nafaqat ko‘plab chiroyli gollar urdik, balki darvozamiz daxlsizligini ham saqlab qoldik.

Yigitlarning jamoaviy futbol o‘ynashini tomosha qilish yoqimli edi. Bunday sharoitda har qanday raqibga qiyin bo‘ladi, ayniqsa o‘z stadionimizda o‘ynaganimizda.

Qolgan uchta o‘yinni ham xuddi shunday istak bilan o‘tkazsak, ularda ham g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lamiz», - deya Terzichning so‘zlarini keltiradi klub sayti.

31-turdan so‘ng dortmundliklar «Bavariya»dan bir ochko ortda qolib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Dortmundning «Borussiya»si «Gladbax» (uyda), «Augsburg» (safarda) va «Mayns» (uyda) bilan o‘ynashi kerak.

Kiritildi: 11:42, 08.05.2023.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик