Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Aksel Disasi: «Bu mavsumda hali imkoniyatlarimiz yetarli»

Aksel Disasi: «Bu mavsumda hali imkoniyatlarimiz yetarli»

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda monegaskliklar va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Aksel Disasi bir nechta top-klublar e’tiborini tortayotgani bejiz emas.

 U jamoasining yangi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida o‘ynash imkonini beruvchi hududda turishiga katta hissa qo‘shdi. «Lorya» bilan Liga 1 17-tur o‘yini (3:1)dan oldin, «qizil-oqlar» vise-sardori jurnalistlarning savollariga javob berarkan, knyazlik klubi mavsum oxirida kuchli uchlikka kirish uchun butug jamoa bo‘lib hamma narsani qilishga tayyorliklarini ta’kidladi.

- «Monako»da bu mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlashi uchun imkoniyatlar qanday?

- Biz «Monako»da - hamisha o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadigan va muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib beradigan klubda o‘ynaymiz. O‘tgan mavsumda 3-o‘rinni egalladik va mantiqan bundan yomoni yarashmasdi ham. Albatta, mavsum oxirida kuchli uchlikda bo‘lishni istamaymiz. Klub rahbariyati bizdan ko‘proq narsani kutmoqda va buni bir necha bor ta’kidlashmoqda. Biz maydonda ustunligimizni isbotlashimiz kerak. Bunda muvaffaqiyat qozonish va mavjud vaziyatni to‘g‘irlash uchun bizda hali yetarlicha o‘yinlar bor.

- Jamoaning asl maqsadi nima?

- Men hayotda optimistman (tabassum qiladi). Men jamoadoshlarimga ishonaman. So‘nggi ikki mavsumda marraga juda yaxshi holatda yetishimiz mumkinligini ko‘rsatdik. Menimcha, biz bu safar ham buni isbotlay olamiz. Ishonchim komilki, jamoamiz ushbu mavsum oxirida yaxshi o‘yin namoyish etadi. Tajriba va his-tuyg‘ularimizni yengish qobiliyati bu vaziyatda bizga yordam berishi kerak.

- Jamoa himoyasida muammolar ko‘zga tashlanyapti. Har holda sizlarda ayni payt Ligadagi eng yomon ko‘rsatkichlardan birini ko‘r­­ya­pmiz...

- Tan olishimiz kerakki, so‘nggi o‘yinlarda biz o‘z maqsadimiz bo‘yicha standartlarda yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Bu haqda gaplashib oldik, albatta, chunki biz vaziyatni tuzatmoqchimiz. Bo‘lajak o‘yinlarda himoyadagi standartlar bo‘yicha ishonchliroq o‘ynashga harakat qilamiz va darvozamiz oldidagi xavfli vaziyatlar sonini kamaytirish uchun hamma narsani qilamiz. Bu vazifa butun jamoaning yelkasiga tushadi, ularning rolini nafaqat himoyachilar, balki yarim himoyachilar va hujumchilar ham bajarishlari kerak. Bu turli xil omillarni o‘z ichiga olgan jamoaviy ish bo‘lib, u ham raqiblarning hujumkor salohiyatini «o‘ldirish» uchun jiddiy fidoyilik darajasini talab qiladi.

- Jamoaning ochiq futbol uslubi haqida nima deya olasiz?

- Ha, hujumkor futbol o‘ynashga harakat qilamiz. Shuning uchun, ayrim raqiblar tezkor qarshi hujumlar tufayli bizga muammo tug‘dirishi mumkin, chunki ular o‘yin xususiyatlarimizni o‘rganadilar va bizni yaxshi bilishadi. Ba’zan chuqur himoyaga tayanadigan jamoalar bilan o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi, shunda ular qarshi yo‘nalishda tezda hujum qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ishonchliroq harakat qilish uchun ushbu vaziyatlar ustida ishlash kerak bo‘ladi. O‘tgan mavsumda himoyada o‘ynash bizning asosiy qurolimiz bo‘lgandi. Buni bizning zaif nuqtamiz deb atash noto‘g‘ri bo‘lardi. Har bir yangi mavsum har doim ham avvalgisiga o‘xshamaydi.

- «Qizil-oqlar» qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tadi?

- Leverkuzenning «Bayer»i bilan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Yevropa Ligasidan chiqib ketishiga majbur bo‘ldik. Oy biz uchun juda qiyin o‘tdi. Menimcha, aynan shu bizni yo‘nalishdan chiqarib yubordi. Lekin barchamiz mavsum oxirida borimizni berish uchun haqiqiy professional ekanligimizni ko‘rsatamiz. Menda jamoamiz maydonda kamroq harakat qilyapti, degan taassurot yo‘q, aksincha, bu mavsumda hali ko‘p narsaga erishish imkoniyatimiz bor.

- Jamoaga barqarorlik yetishmayapti...

- Maydondagi o‘yin jamoaning mashg‘ulotlarda nimaga erishganini aks ettiradi. Shunga qaramay, mashg‘ulotlarda va rasmiy uchrashuvlarda natijalarga erishish ikki xil narsadir. Ehtimol, ba’zi futbolchilar o‘yinga qaraganda mashg‘ulotlarda o‘zlarini ishonchli his qilishlari mumkindir. Hech bo‘lmaganda jamoa­doshlarimning jangovar ruhi jihatidan bu farqni sezmayapman. «Strasburg» va «Nant» bilan so‘nggi ikki uchrashuvning yuqori darajasini ham ta’kidlash lozim. Biz nafaqat mashg‘ulotlarda, balki rasmiy uchrashuvlarda ham izchilroq chiqish va yuqori darajadagi o‘yin namoyish etish uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak.

- Fransiya terma jamoasida to‘plangan tajribangiz asqotyaptimi?

- Terma jamoada o‘ynash qimmatli tajriba orttirish imkonini beradi. Fransiya terma jamoasi men uchun juda muhim! Mamlakatimni namoyish etish men uchun katta sharaf va quvonchdir. Ikkala safar ham terma jamoaga futbolchilarning jarohati tufayli chaqirildim. Bu shuni anglatadiki, endi asl ro‘yxatga kirish uchun yanada yuqori darajadagi o‘yinni ko‘rsatishim kerak. Shuningdek, mening pozisiyamda raqobat juda yuqori ekanligini tushunaman va bu menga faqat terma jamoadagi o‘rnim uchun kurashish uchun kuch beradi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:08, 08.05.2023.
O'qildi: 782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.