Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Dzyudo bo‘yicha JCH. Ikkinchi kun, ikkinchi medal!

Dzyudo bo‘yicha JCH. Ikkinchi kun, ikkinchi medal!

Baho:
+ | -

Dzyudo bo‘yicha Doha shahri mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining ikkinchi kunida ham O‘zbekiston terma jamosining g‘aznasi yana bir medal bilan boyidi. -52 kg vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz qiziqarli kechgan final bellashuvida yaponiyalik Uta Abega imkonoyatni boy berdi. Bu Keldiyorovaning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida qo‘lga kiritgan ilk medali hisoblanadi. Shu bilan birga u jahon va Parij-2024 Olimpiadasi uchun ham qimmatli reyting ochkosini o‘z hisobiga yozib qo‘ymoqda.

Diyora bugungi bahslarni ikkinchi davradan boshlab, dastlab ispaniyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi bosqichda u bilan to‘qnash kelishi kutilgan narigi juftlikdagi har ikki sportchi ham diskvalifikasiya qilingach, Keldiyorova chorak finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi. Yarim final ostonasida isroillik Gefen Primo, final yo‘lida esa vengriyalik Reka Pupp ham mag‘lub etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Dilshodbek Baratov (-60 kg) ham terma jamoamiz hisobiga kumush medalni taqdim qilgan edi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:58, 08.05.2023.
O'qildi: 1748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик