Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati saralash bosqichi janglari yakunlanib, chorak finalga chiqqan sportchilar nomi aniq bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar a’zosi ushbu bosqichga yetib keldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha jamoamiz ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Kuba esa 12 bokschi bilan eng yaxshi natija qayd etib turibdi. Kubaning yagona vakilini Hasanboy Do‘smatov musobaqadan chiqarib yubordi.
Rossiya terma jamoasi sakkiz bokschi bilan uchinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Qozog‘iston yetti sportchi bilan kuchli to‘rtlikka qirdi.
Bokschilari chorak finalga yetib kelgan mamlakatlar:
12 — Kuba;
11 — O‘zbekiston;
8 — Rossiya;
7 — Qozog‘iston;
6 — Ispaniya;
5 — Fransiya, Gruziya;
4 — Iordaniya, Tojikistan, Bolgariya;
3 — Qirg‘iziston, Hindiston, Braziliya, Armaniston;
2 — Yaponiya, Venesuela, Tailand, Mongoliya, Xitoy, Ozarboyjon, Zambiya, Meksika;
1 — Xitoy Taypeyi, Shotlandiya, Avstraliya, Xorvatiya, Vengriya, Belarus, Kolumbiya, Gana, Italiya, Avstriya.
Chorak final janglari bugun bo‘lib o‘tadi. Unda 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Tomoya Suboi (Yaponiya) (B ring, 14:00)
-57 kg: Abdumalik Halakov - Ishish Yusuf (Iordaniya) (B ring, 14:25 dan so‘ng)
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Lounes Xamraoui (Fransiya) (A ring, 15:10 dan so‘ng)
-71 kg: Saidjamshid Ja’farov - Igor Sviridchenkov (Rossiya) (B ring, 15:25 dan so‘ng)
-92 kg Lazizbek Mullojonov - Sezar La Kruz (Kuba) (A ring, 16:25 dan so‘ng)
-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Gabriel Eskobar (Ispaniya) (B ring, 18:40 dan so‘ng)
-60 kg: Mujibillo Tursunov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) (B ring, 18:55 dan so‘ng)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Roniel Iglesias (Kuba) (B ring, 19:25 dan so‘ng)
-75 kg: A’loxon Abdullayev - Filip Akilov (Vengriya), (B ring, 19:55 dan so‘ng)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Alfonso Domingez (Ozarbayjon) (A ring, 20:25 dan so‘ng)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Qo‘nqabayev (Qozog‘iston) (B ring, 21:10 dan so‘ng).