Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Chempionlar ligasi. «Real» — «Manchester Siti» uchrashuvi raqamlarda

Chempionlar ligasi. «Real» — «Manchester Siti» uchrashuvi raqamlarda

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final dastlabki bahsi doirasida “Real” o‘z uyida “Manchester Siti” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

“Shaharliklar”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi, “Real” uchun xavotirli natija

“Manchester Siti”ning barcha musobaqalar doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 21 ta o‘yinga yetdi. “Shaharliklar” so‘nggi marta 5 fevral kuni “Tottenhem”ga yutqazgandi. Undan keyin klub 17 ta g‘alaba va 4 ta durang qayd etdi.

“Real Madrid” “Manchester Siti”ga qarshi so‘nggi beshta uchrashuvning faqat bittasida g‘alaba qozongan. Madridliklar 2020 yilning fevralidan beri Manchester klubiga qarshi o‘yinlarda uch mag‘lubiyat, bir durang va bir g‘alaba qayd etib turibdi.

“Real” shu vaqtga qadar 9 marta YECHL pley-off bosqichidagi dastlabki o‘yinni uyida o‘tkazib, unda g‘alaba qozona olmagan. Ularning faqat ikkitasida “Real” keyingi bosqichga chiqa olgan (ikkisi ham “Manchester Yunayted”ga qarshi 1999/00 va 2012/13).

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Madrid klubiga qarshi o‘yinda birorta ham o‘zgarishni amalga oshirmadi. “Real” murabbiyi Karlo Anchelotti esa ikkinchi bo‘limda uchta o‘zgarish qildi.

Rekordchi Anchelotti, Holandning eng yomon o‘yini va boshqa individual raqamlar

Anchelotti murabbiy sifatida Chempionlar Ligasida 190-uchrashuvini o‘tkazdi va bu natija bo‘yicha “Manchester Yunayted” sobiq murabbiyi Aleks Fergyusonga tegishli rekordni takrorladi. Keyingi o‘rinlarda Arsen Venger (184) va Gvardiola (159) bormoqda.

Gvardiola va Anchelotti o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlarda birinchi marta durang qayd etildi. Bungacha murabbiylar sakkiz marta to‘qnash kelgan va ularning 5 tasida ispaniyalik mutaxassis g‘olib chiqqan bo‘lsa, uchtasida italiyalik murabbiyning qo‘li baland kelgan.

“Manchester Siti” futbolchisi Erling Holand fevral oyidan beri ilk bor qatorasiga ikki o‘yinda gol ura olmadi. Norvegiyalik futbolchi APL doirasida “Lids”ga qarshi o‘yinda va Chempionlar Ligasida “Real Madrid”ga qarshi bahsda darvozani ishg‘ol qila olmadi.

Erling Holand o‘yin davomida 21 marta to‘pga tegindi. Bu “Manchester Siti” futbolchilari orasidagi eng kam natija bo‘ldi. “Shaharliklar” darvozaboni Ederson ham 29 marta to‘pga tegindi.

Manchester jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne klub safida Chempionlar Ligasi pley-offlaridagi 11-golini urdi. Bu “Manchester Siti” tarkibidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Belgiyalik futbolchi YECHLda jami 14 ta gol urgan, ularning 7 tasi jarima maydoni tashqarisidan urilgan.

“Real” vingeri Vinisius Junior YECHL pley-off bahslaridagi 7-golini urdi. Ularning 5 tasi “Liverpul” darvozasiga, qolgan ikkitasi “Manchester Siti” darvozasiga kiritilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:17, 10.05.2023.
O'qildi: 3335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.