Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Boks-2023. Ruslan Abdullayev JCHdagi to‘rtinchi jangda g‘alaba qozondi

Boks-2023. Ruslan Abdullayev JCHdagi to‘rtinchi jangda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizdagi jahon chempionatining chorak finalida uchinchi bokschimiz o‘z jangini o‘tkazdi. -63,5 kg vazn toifasidagi iqtidorli vakilimiz Ruslan Abdullayev Fransiya terma jamoasi bokschisi Lunes Hamroviyga qarshi jang olib bordi.

Ruslan o‘z uslubida tajovuzkor jang olib bordi. Ammo raqib bo‘y va qo‘llarining uzunligi jihatdan ustunliga ega bo‘lish bilan birga chapaqay bokschi hisoblanadi. Shu bois, hamyurtimiz uchun bu jang oson bo‘lmadi.

Birinchi bo‘limda vatandoshimiz raqibga nisbatan ko‘proq zarbalar berishga harakat qildi va hakamlarning ovozlari 3:2 ko‘rinishda bo‘ldi. Ruslan ikkinchi raundda tajovuzkorlikni yanada oshirdi. Ayniqsa, raqibning qorin qismiga bergan zarbalari Hamroviyni qiyin holatga tushirdi. Shu bois, Abdullayev ikkinchi taymni to‘laligicha o‘z foydasiga hal qildi.

Uchinchi bo‘limda esa Ruslan nisbatan sokinroq jang uslubini tanladi va raqibga ishlash imkoniyatni berdi. Shuning uchun yakuniy baholar quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi — 4:1 (30:27, 29:28, 29:28, 29:28, 28:29).

Shu tariqa, Ruslan Abdullayev turnirdagi to‘rtinchi jangida g‘alaba qozonib, musobaqa yarim finaliga chiqdi.

Bugun yana 8 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi:

-71 kg: Saidjamshid Ja’farov - Igor Sviridchenkov (Rossiya) (B ring, 15:25 dan so‘ng)

-92 kg Lazizbek Mullojonov - Sezar La Kruz (Kuba) (A ring, 16:25 dan so‘ng)

-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Gabriel Eskobar (Ispaniya) (B ring, 18:40 dan so‘ng)

-60 kg: Mujibillo Tursunov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) (B ring, 18:55 dan so‘ng)

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Roniel Iglesias (Kuba) (B ring, 19:25 dan so‘ng)

-75 kg: A’loxon Abdullayev - Filip Akilov (Vengriya), (B ring, 19:55 dan so‘ng)

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Alfonso Domingez (Ozarbayjon) (A ring, 20:25 dan so‘ng)

+92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Qo‘nqabayev (Qozog‘iston) (B ring, 21:10 dan so‘ng).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:45, 10.05.2023.
O'qildi: 1869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.