Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Murod Otajonov: “YOshlar doim nazoratimizda”

Murod Otajonov: “YOshlar doim nazoratimizda”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Metallurg” (1:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz ustozi Murod Otajonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
- Kubok uchrashuvi doimo chempionat bahslaridan farq qiladi. Xursand qiladigan jihati shuki, beshinchi o‘yin deganda g‘alaba qozondik. Kubok bahsida bitta o‘yinimiz qoldi. “Yunired” bilan bo‘ladigan bellashuvda o‘zimizga kerakli hisobni qayd etib, guruhdan chiqishga harakat qilamiz. Bugungi g‘alabadan so‘ng guruhdan chiqish imkoniyatimiz oshdi, deyish mumkin.
 
To‘g‘ri, chiroyli o‘yin namoyish qilmayotgan bo‘lishimiz mumkin, ammo to‘g‘ri tushuninglar, natija ham kerak, ammo kombinasion futbol o‘ynashga harakat qilayotganimiz aniq. Ertaga chiroyli o‘ynab yutqazsak, nega mag‘lubiyat ko‘payib ketdi, degan savollar beriladi. Ikkalasini uyg‘unlashtirgan ma’qul. Biz shuni harakatidamiz.
 
Bugun nafaqat “Bunyodkor” safida ilk o‘yinlarini o‘tkazgan futbolchilar, balki boshqa yosh iqtidorli o‘yinchilar ham doim nazoratimizda bo‘ladi. Respublika chempionatlarida ishtirok etadigan “Bunyodkor”ning barcha jamoalarini diqqat bilan kuzatib boramiz. Harakatlari manzur bo‘lgan o‘yinchilarni asosiy tarkib mashg‘ulotlariga jalb qilamiz. Zaxiradan maydonga tushgan yoshlar aynan murabbiylar shtabining kuzatuv mevalaridir. Qolgani bolalarning o‘ziga bog‘liq.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 06:55, 11.05.2023.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик