Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Belarus futbolida ishkal: "Shaxtyor" o‘tgan yilgi chempionlikdan mahrum qilindi, "Energetik-BGU" ham jazosiz qolmadi

Belarus futbolida ishkal: "Shaxtyor" o‘tgan yilgi chempionlikdan mahrum qilindi, "Energetik-BGU" ham jazosiz qolmadi

Baho:
+ | -

Soligorskning "Shaxtyor" klubi Belarus chempioni unvonidan mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, klub 2022 yilda "Belshina"ga qarshi kelishilgan o‘yin (4:1) tashkil qilganlikda gumon qilingan edi, bu g‘alaba "Shaxtyor"ga qatorasiga uchinchi chempionlikni qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Belarus futbol federasiyasi (ABFF) tartib-intizom qo‘mitasi intizomiy ish natijalari bo‘yicha hukm chiqardi.

Shunday qilib, "Shaxtyor" Belarus chempioni - 2022 unvonidan mahrum qilindi, Belarusning 2023 yilgi chempionatida Soligorsk kubigidan 30 ochko olib tashlandi. Shuningdek, "Shaxtyor" 2024 yilgi mavsumda 20 ochkodan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, "konchilar" 370 000 Belarus rubli (150 AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek, sud jarayoni yakunlariga ko‘ra 2022 yilgi mavsumda ikkinchi o‘rinni egallagan "Energetik-BGU" ham jazolandi. Klub 2023 yilgi mavsumda mukofotlardan mahrum qilindi va 20 ochko olib tashlandi. Klub 2024 yilgi chempionatda ham jarima ochkolariga ega bo‘ladi.

"Belshina" 2023 yilgi mavsumda 10, 2024 yilgi mavsumda esa 5 ochko bilan jarimaga tortiladi.

Qoidaga muvofiq ABFF Intizom kodeksining 64-moddasiga binoan, ushbu qarorlar qabul qilingan paytdan boshlab 10 kun ichida Apellyasiya qo‘mitasiga shikoyat qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi mavsumda "Energetik-BGU"da o‘ynagan hamyurtimiz Bobur Abdiholiqov chempionatning bir qator nominasiyalarida g‘olib chiqqandi.

Kiritildi: 15:31, 11.05.2023.
O'qildi: 3037 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик