Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Xoland bu tarkibga kira olmagan bo‘lardi"

"Xoland bu tarkibga kira olmagan bo‘lardi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Duayt Yorkning fikricha, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland 1998/99 yilgi mavsumda "Qizil iblislar" tarkibiga kira olmagan bo‘lardi.

“Xoland 1998/99 yilgi mavsumda biz o‘ynagan o‘yin bilan jamoa tarkibiga kira olmagan bo‘lardi. Imkoniyat yo‘q. Nima uchun Endi Koul bilan munosabatlarimni buzaman?", — deya Yorkning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

O‘sha mavsumda mankunianliklar trebl qayd etishgan - APL chempionligi va Angliya kubogi hamda Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishdi.

1998/99 yilgi mavsumda York 51 o‘yinda 29 ta gol urgan, Koul 50 ta o‘yinda 24 ta gol urgan. Xoland Premyer-liganing 2022/23 yilgi mavsumida 47 ta o‘yinda "Siti" safida 51 ta gol urgan.

Kiritildi: 01:18, 12.05.2023.
O'qildi: 2944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик