Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Шаҳбоз Жўрабеков: “Суперлигада барча жамоаларнинг кучи дерли тенг”

Шаҳбоз Жўрабеков: “Суперлигада барча жамоаларнинг кучи дерли тенг”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 26 yoshli mahoratli himoyachisi Shahboz Jo‘rabekov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Xabaringiz bor, joriy yilgi Superliga bahslari ancha qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tmoqda hamda bo‘lib o‘tgan bellashuvlar milliy chempionatimizda barcha jamoalarning kuchi deyarli teng ekanligi, bu yil oson o‘yinlar bo‘lmasligini isbotlamoqda. Bo‘lajak bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta va bo‘lajak raqib “Surxon” ham jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi.

O‘z navbatida biz – futbolchilar ham termizliklar bilan bo‘ladigan bellashuvda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

“Navbahor” joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.

Buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

Kiritildi: 17:14, 12.05.2023.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.