Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Leau "Inter" bilan javob o‘yinigacha safga qaytishi kutilmoqda

Leau "Inter" bilan javob o‘yinigacha safga qaytishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Rafael Leauning jarohati va uning Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida ishtirok etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. U boshqa futbolchilarning holati haqida ham ma’lumot berdi.

"Bizda "Spesiya"ga qarshi o‘yinda Leau yo‘qligi kabi kichik muammolar mavjud bo‘lishi mumkin. Ammo u yakshanba kuni mashg‘ulot o‘tkazib, "Inter"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi uchun yaxshi imkoniyat bor.

Zlatan va Florensi hamon safda emas, Krunich va Messias ham "Spesiya"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi.

Bennaserni yo‘qotganimiz ham yomon bo‘ldi. Ammo jarohatlar bizning ishimiz bilan bog‘liq xavflarning ajralmas qismidir. Isma kuchli xarakterga ega va u ruhiy jihatdan bardoshli, shuning uchun u yanada kuchliroq bo‘lib qaytishiga ishonaman", - deya Pioli so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba, 6 may kuni Italiya A seriyasi doirasidagi "Lasio"ga (2:0) qarshi o‘yinda Leau son mushaklaridan jarohat olgan edi.

Kiritildi: 08:24, 13.05.2023.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик