Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Og‘ir atletika. Jangabayev kumush va bronza, Akbar Jo‘rayev 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika. Jangabayev kumush va bronza, Akbar Jo‘rayev 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyaning Jinju shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Bugun ayollar va erkaklar o‘rtasida eng og‘ir vaznda bahslar o‘tkazildi.

Erkaklar o‘rtasida 109+ kg vaznda ikki nafar yurtdoshimiz — Akbar Jo‘rayev va Rustam Jangabayev medallar uchun kurash olib borishdi.

Dast ko‘tarishda Jangabayev 196 kg bilan bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Akbar Jo‘rayev 195 kg bilan 4-pog‘onani band etdi.

Siltab ko‘tarishda esa Akbar Jo‘rayev 242 kg natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Jangabayev bu borada 4-o‘rinda qoldi.

Ikki kurash natijasiga ko‘ra har ikki sportchimizning natijasi bir xil bo‘ldi — 437 kg. Bu yo‘nalishda Jangabayev kumush, Akbar Jo‘rayev esa bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, qit’a chempionatida Rustam Jangabayev kumush va bronza, Jo‘rayev esa 2ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu vazn toifasida Bahrayn sharafini himoya qilgan Gor Minasyan barcha yo‘nalishlarda oltin medalni o‘zini qilib oldi (217 kg + 247 kg = 464 kg).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:19, 13.05.2023.
O'qildi: 1891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.