Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alemani Laportaga "Barselona" futbolchilarini "Aston Villa"ga olib ketmaslikka va’da berdi

Alemani Laportaga "Barselona" futbolchilarini "Aston Villa"ga olib ketmaslikka va’da berdi

Baho:
+ | -

Mateu Alemeni "Barselona" futbolchilarini o‘zining yangi klubiga jalb qilmaydi.

"Ko‘k-anorranglilar" sport direktori "Aston Villa" taklifini qabul qildi va bu darhol "Barselona"ning bir qator futbolchilarining Birmingem safiga o‘tishi mumkinligi haqida ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘ldi.

Sport nashrining yozishicha, bu deyarli ikoniyatsiz: Alemani Kataloniya grandi prezidenti Joan Laportga sobiq jamoasini hurmat qilgani uchun "Barselona" futbolchilarini "Aston Villa"ga taklif qilmaslikka va’da bergan.

Mish-mishlarga ko‘ra, "Villaliklar" markaziy himoyachi Andreas Kristensen va vinger Ferran Torresni, shuningdek, Ansu Fati uchun taklif yuborishmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 00:05, 14.05.2023.
O'qildi: 1621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.