Serbiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich «Real» yarim himoyachisi Eden Azarning o‘yinidagi pasayish haqida gapirdi.
«Klub hech narsa qila olmaydi, hozir Azarni sotish vaqti emas. U allaqachon futbol o‘ynash istagini yo‘qotgan.
«Real Madrid» uni shartnoma bo‘yicha qolgan yillar davomida o‘zida saqlab qolishi kerak», - dedi Miyatovich.
Azar 2019 yilning yozidan beri Madridda o‘ynamoqda.