Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Boks-2023. Ruslan Abdullayev O‘zbekistonga beshinchi oltin medalni taqdim etdi

Boks-2023. Ruslan Abdullayev O‘zbekistonga beshinchi oltin medalni taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Toshkentda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun 7ta vaznda so‘nggi final janglari o‘tkazilmoqda. 63,5 (64) kg vazn toifasida ringda 2021 va 2022 yilgi Osiyo chempionlari Chinxorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston) va Ruslan Abdullayev (O‘zbekiston) to‘qnash kelishdi.

Mo‘g‘ul bokschisi bo‘y va qo‘llarining uzunligi jihatdan ustunlikka ega bo‘lsa, hamyurtimiz o‘zining tajovuzkor harakatlari evaziga raqibning bu ustunligini yo‘qqa chiqarishga harakat qildi. Birinchi va ikkinchi raundlarda hamyurtimiz kichik ustunlikka ega bo‘ldi va ikki bo‘lim yakuniga ko‘ra faqat ikki nafar hakamning ovozida ikki ochkolik farqni yuzaga keltirdi. Barchasini uchinchi bo‘lim hal etishi kerak edi.

Uchinchi bo‘limda har ikki sportchi charchab qolgani sezilib turdi. Ruslan esa ishtiyoq evaziga raqibga nisbatan ko‘proq zarba yo‘llay oldi. Natijada yakuniy baholar 5:0 ko‘rinishda bo‘ldi — 30:27, 29:28, 29:28, 29:28, 29:28.

Shu tariqa, Ruslan Abdullayev Osiyo chempionligidan so‘ng jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Toshkentdagi turnirda oltin medallarimiz soni beshtaga yetdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:07, 14.05.2023.
O'qildi: 3040 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик