Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Boks-2023. Saidjamshid Ja’farov «klasiko»da yutqazib, kumush medal bilan cheklandi

Boks-2023. Saidjamshid Ja’farov «klasiko»da yutqazib, kumush medal bilan cheklandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Toshkentda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugungi final janglarida o‘zbekistonlik sportchilar o‘z ishtiroklarini yakunlashdi. 71 kg vazndagi vakilimiz Saidjamshid Ja’farov Qozog‘iston terma jamoasi sardori Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga ko‘tarildi.

Shimbergenov asosan qarshi hujumda harakat qilgan bo‘lsa, hamyurtimiz birinchi raqam ostida ishlashga intilib, ko‘p vaziyatlarda pala-partishlikka yo‘l qo‘ya boshladi. Saidjamshid birinchi zarba berishga intildi, ammo ko‘p holatlarda zarbasi aniq bo‘lmagani uchun "klinch" holatiga kirib qolaverdi.

Birinchi bo‘lim Aslanbek foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, Ja’farov ikkinchi raundda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, so‘nggi raund oldidan g‘alaba uchun nazariy imkoniyatni saqlab qoldi. Ammo uchinchi bo‘limdagi pala-partish harakat tufayli o‘zbek bokschisi o‘z maqsadiga erisha olmadi. Uchinchi bo‘lim va yakuniy natijalar Shimbergenov foydasiga hal bo‘ldi — 0:5.

Shu tariqa, Saidjamshid Ja’farov ikki karra Osiyo chempionligidan so‘ng o‘z hisobiga jahon chempionatining kumush medalini qo‘shib qo‘ydi. 29 yoshli Shimbergenov esa o‘z faoliyatida ilk marta jahon chempioni unvoniga savozor bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Bu esa boksimiz tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Delegasiyamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:42, 14.05.2023.
O'qildi: 3101 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик