Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Boks-2023. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi (+medallar jadvali)

Boks-2023. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi (+medallar jadvali)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati yakuniga yetdi. Mazkur jahon chempionati O‘zbekiston uchun har qachongidanda muvaffaqiyatli kechdi.

Yigitlarimiz chempionat yakuniga ko‘ra 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, umumiy hisobda 9 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi bungacha eng yaxshi natijani 2019 yil Yekaterinburg mezbonlik qilgan JCHda qayd etgandi. Vakillarimiz Toshkentda ushbu rekordni yangilashdi va boksimiz tarixida yangi sahifa ochishdi. O‘zbekiston bokschilari chempionatda medallar soni bo‘yicha ham, sifati bo‘yicha ham birinchi bo‘lishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
+92 kg: Bahodir Jalolov

Kumush:
-54 kg: Oybek Jo‘rayev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov

Bronza:
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov

O‘zbekiston terma jamoasidan so‘ng umumjamoa hisobida Qozog‘iston (4 ta oltin, 1 ta kumush) ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka esa Rossiya (2 ta oltin, 4 ta bronza) yakun yasadi. Shuningdek, Kuba va Fransiya terma jamoalari ham Toshkentni oltin medal bilan tark etadigan bo‘lishdi.

Boks bo‘yicha JCH-2023. Medallar
1. O‘zbekiston — 5 — 2 — 2 = 9
2. Qozog‘iston — 4 — 1 — 0 = 5
3. Rossiya — 2 — 0 — 4 =6
4. Kuba — 1 — 3 — 2 = 6
5. Fransiya — 1 — 1 — 1 = 3
6. Gruziya — 0 — 1 — 2 = 3
7. Ozarboyjon — 0 — 1 — 1 = 2
7. Braziliya — 0 — 1 — 1 = 2
7. Mo‘g‘uliston — 0 — 1 — 1 = 2
10. Xitoy — 0 — 1 — 0 = 1
10. Italiya— 0 — 1 — 0 = 1
12. Hindiston — 0 — 0 — 3 = 3
12. Ispaniya — 0 — 0 — 3 = 3
14. Armaniston — 0 — 0 — 2 = 2
15. Iordaniya — 0 — 0 — 1 = 1
15. Qirg‘iziston — 0 — 0 — 1 = 1
 15. Meksika — 0 — 0 — 1 = 1
 15. Tojikiston — 0 — 0 — 1 = 1

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 20:16, 14.05.2023.
O'qildi: 14084 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик