Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" yana 2-pog‘onaga ko‘tarildi

"Real" yana 2-pog‘onaga ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi La Liganing 34-turiga kelib, turnir jadvalida “Atletiko”ni ortda qoldirdi.

Kecha Karlo Anchelotti shogirdlari “Xetafe”ni mag‘lub etgan bo‘lsa (1:0), Diyego Simeone shogirdlari bugun “Elche”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Chempionat yakunlanishiga 4 tur qolganida “Real Madrid” 71 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Atletiko” 69 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

La Liganing qolgan o‘yinlarida "qaymoqranglilar" "Valensiya", "Rayo Valyekano", "Sevilya" va "Atletik" bilan, "matraschilar" "Osasuna", "Espanyol", "Real Sosyedad" va "Vilyarreal" bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 22:22, 14.05.2023.
O'qildi: 2501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик