Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Benfika» himoyachisi «Bayer» bilan kelishib oldi

«Benfika» himoyachisi «Bayer» bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Benfika»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo «Bayer» bilan kelishib oldi.

27 yoshli futbolchi iyun oyida nihoyasiga yetadigan Lissabon klubi bilan shartnomani uzaytirmadi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, mavsum yakunlangach, ispaniyalik futbolchi erkin agent sifatida «Bayer»ga o‘tadi.

Futbolchi allaqachon 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan va leverkuzenliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

Alexandro Grimaldo 2016 yildan beri «Benfika» safida to‘p tepadi. Joriy mavsumda u 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Kiritildi: 22:27, 14.05.2023.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик