Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Mirjalol Qosimov: "Xomyakovning uslubini yaxshi bilaman"

Mirjalol Qosimov: "Xomyakovning uslubini yaxshi bilaman"

Baho:
+ | -

Superliga 10-turidan o‘rin olgan OKMK – “Andijon” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ikki xil bo‘lim guvohi bo‘ldik. “Andijon” jamoasi ikkinchi raqam ostida, zich himoyalanishini bilgan holda uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik. Dastlabki taymda nafaqat uzoq masofaga uzatilgan to‘plar, balki yaqin masofadagi paslarda ham xatolarga yo‘l qo‘ydik. Kiyim almashtirish xonasida yigitlarga ham buni ta’kidladim. Har bir futbolchi 2 martadan to‘pni yo‘qotganida ham, 20 bor to‘pni qaytarish uchun kurash olib borishimizga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi bo‘limda o‘zgartirishlar kiritdik.

Xomyakovni “Mash’al”da ishlab yurgan paytidan yaxshi bilaman. Uning qo‘l ostidagi futbolchilar tartibli harakat qilishadi. Bunday jamoalarga qarshi o‘ynash og‘ir. Shunga qaramasdan, vaziyatlardan foydalanib, maqsadimizga erishdik. Bugun mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Boisi, butun jamoa hujumga o‘tganida, raqib qarshi hujumdan foydalanishi mumkin edi, yaxshiki unday bo‘lmadi.

Goldan so‘ng boshqacha harakatlandik. Yana gol kiritdik, ammo ofsayd qayd etildi. Aynan shunday harakatlanishni o‘yin boshidan boshlash kerak edi.

Boakega qanday ko‘rsatma berdim? Yo‘q, u o‘z ishini qilmoqda. Uchrashuvdan oldin barchaga bir xil ko‘rsatma berilgan edi. “Andijon” zich himoyalangani uchun uzun uzatmalar bilan harakat qildik. Hujumchi o‘z ishini qilishi, gol kiritishi kerak”, – dedi Qosimov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:55, 15.05.2023.
O'qildi: 1141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик