Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Aleksandr Xomyakov: "Yigitlarga e’tirozim yo‘q"

Aleksandr Xomyakov: "Yigitlarga e’tirozim yo‘q"

Baho:
+ | -

OKMK – “Andijon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov savollarga javob qaytardi.

— Hafsalamiz pir bo‘ldi. Oxirgi daqiqalarda ustunligimizni saqlab qola olmadik. Umuman olganda, birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham orqaga yotib olmadik. Yigitlarga e’tirozim yo‘q. Ular harakat qilishdi, rejamizni amalga oshirishdi. Afsuski, bugun muxlislarimizni xursand qilish nasib qilmadi. Ishlashda davom etamiz.

— Jamoa birinchi bo‘limda ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilar toliqib qoldimi? Chunki birinchi bo‘limdagi faollik ko‘zga tashlanmagandek bo‘ldi...
— Biz jismonan toliqib qolganimiz yo‘q. Raqib o‘z imkoniyatidan foydalanib ketdi. Himoyada bir qator bo‘ydor futbolchilari o‘ynashdi. Ular tezkorlik bilan qanotlar yoki chiziqlar bo‘yicha hujumlarni tashkil qilishdi. Biz ham ikkinchi bo‘limda qayta hujumlarga o‘tishga urindik va buning evaziga ikkita vaziyat yaratdik. Agar foydalanganimizda bahsni o‘z foydamizga hal qilishimiz mumkin edi. Ammo individual mahorat yetmagani uchun foydalana olmadik. Alamli bo‘ldi. Nima qilamiz? Ishlashda davom etamiz.

— Legioner hujumchi Rubin Xebay oxirgi paytlarda faqat gollar uryapti. U o‘zining optimal formasiga kirdimi?
— Ha, shuning uchun har bir uchrashuvda gol uryapti. Yana biroz qo‘shishi mumkin. Rubin albatta o‘z so‘zini aytadi. Ko‘plab vaziyatlarimiz u orqali amalga oshirilyapti. Unga rahmat aytaman.

— “Andijon”ning chempionat avvalidagi o‘yini bilan bugungi kundagi o‘yinini solishtira olasizmi? Qanchalik farq bor?
— Bizda hujum borasida muammo bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Mavsum boshida himoyachilarimiz yaxshiroq edi. Chiziqlar bo‘yicha harakatlanishda oqsayapmiz. Yakka kurashlarda to‘pga egalik qilishga harakat qilyapmiz. Himoyadan chiqib keta olishni amalga oshira olyapmiz. Ammo to‘pni nazorat qilishda orqadamiz. To‘p nazoratisiz oldinga o‘ta olishda qiyinchiliklar bor. Bir so‘z bilan aytganda, ishlaydigan joylarimiz ko‘p. Oldinga qarab intilishda davom etamiz.

— Ko‘rinib turibdiki, Xebay o‘yinini yaxshilagach, jamoaning uslubi ham o‘zgardi. Chunki o‘tkir hujumlar uyushtirilyapti. Ya’ni, jamoa Xebayning o‘yiniga qarab uslub tanlayaptimi yoki...
— Siz menga iltifot ko‘rsatib, ko‘plab hujumlar deyapsiz, men ko‘plab demagan bo‘lardim. Asosiysi, hujumlarda samara bo‘lishi kerak. Ha, o‘rtadan ko‘ra biz qanotlardan hujumlar tashkil qilyapmiz. Lekin hozirgi holatimda nimadir deyishim qiyin.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:00, 15.05.2023.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.