Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Arsenal" himoyachisi: "VAR "Brayton"ning birinchi golini bekor qiladi deb umid qilgandim"

"Arsenal" himoyachisi: "VAR "Brayton"ning birinchi golini bekor qiladi deb umid qilgandim"

Baho:
+ | -

"Arsenal" himoyachisi Yakub Kiviorning fikricha, VAR "Brayton"ga qarshi APL doirasidagi o‘yinda kiritilgan birinchi golini bekor qilishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, "kanonirlar" 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi, shundan so‘ng chempionatda g‘alaba qozonish imkoniyatlari minimal darajaga tushib ketdi.

"Men "Brayton" futbolchisi bilan kontakt bo‘lganini his qildim va butsamni yo‘qotdim. To‘p darvozaga qanday tushganini ham ko‘rmadim. VAR aralashib, golni bekor qiladi deb umid qilgandim, ammo hakam boshqacha fikrda edi. Ikkinchi goldan keyin biz tushkunlikka tushdik, keyin esa o‘yinga qaytolmadik” - dedi Kivior o‘yindan keyingi intervyusida.

Kivior yanvar oyida Italiyaning "Spesiya" jamoasidan "Arsenal"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 16:24, 15.05.2023.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик