Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Korostichenko: "Qizilqum" ustidan qo‘lga kiritgan g‘alabamiz adolatli bo‘ldi"

Korostichenko: "Qizilqum" ustidan qo‘lga kiritgan g‘alabamiz adolatli bo‘ldi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi 2-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Qizilqum" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ilk navbatda barchani g‘alaba bilan tabriklayman. G‘alaba adolatli bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yin bobida yomon ko‘rinmadik, ikkinchi bo‘limda esa biroz sustlashdik. Muhimi ishni g‘alaba bilan yakunladik. Raqiblarimizga esa bugun o‘ynash qiyin bo‘ldi. Chunki ular deyarli to‘liq o‘yin kamchilik bo‘lishdi. Shu sababli ularga bugun og‘ir bo‘ldi deb o‘ylayman. "Qizilqum"ga navbatdagi o‘yinlarda omad tilayman.

- Bugun har ikki jamoada qizil kartochkali holat bo‘ldi. Bu haqida nima deya olasiz?

- O‘yindagi birinchi qizil kartochkani ko‘rmay qoldim. U yerda nima bo‘lganini bilmayman. Qo‘pol o‘ynagan deyishdi. Bizning chetlatish esa ikki marta hujumni buzish sababli bo‘ldi. Epizodlarni ko‘rib chiqamiz.

- Jamoa 6 ochkoni qo‘lga kiritdi va pley-offga chiqishni uddaladi. Guruhdagi so‘nggi o‘yinga tayyorgarlik qanday bo‘ladi? Rejalar o‘zgaradimi?

- Ilk navbatda biz 4 kundan keyin bo‘ladigan "Mash’al"ga qarshi bahs haqida o‘ylaymiz. Keyin esa Samarqand safari bizni kutib turibdi, "Yunired"ga qarshi o‘ynaymiz. Shu sababli hozir e’tiborimiz chempionat o‘yinlariga qaratiladi. Shundan keyin "Dinamo"ga qarshi bahs bo‘ladi. Ana o‘shanda bu uchrashuv haqida o‘ylaymiz.

- Bugun "Lokomotiv" murabbiyi Mirko Yelichich o‘z tug‘ilgan kunini nishonladi. Ushbu murabbiy haqida nima deya olasiz?

- Barcha uning yuqori darajadagi mutaxassis ekanligini yaxshi biladi. U uch marta "Lokomotiv"ni chempion qilgan. O‘shanda "Lokomotiv" taktik tomonlama barchani yutgandi. Shu sababli o‘sha g‘alabalarda Mirkoning xizmati katta bo‘lgan deya olaman. Va shuningdek, ushbu mavsumdagi o‘yinlarda ham u katta mas’uliyatni bo‘yniga olmoqda. U bunday tabriklovga loyiq" - dedi "Loko" murabbiyi.

Kiritildi: 22:49, 16.05.2023.
O'qildi: 1235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.