Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Yevropada to‘purarga aylangan eng yaxshi o‘smir futbolchilar: Bellingem – ularning eng yaxshisi

Yevropada to‘purarga aylangan eng yaxshi o‘smir futbolchilar: Bellingem – ularning eng yaxshisi

Baho:
+ | -

Joriy mavsum davomida Alexandro Garnacho va Evan Fergyuson kabi yosh talantlar o‘zlarining yorqin harakatlari bilan APLni bezab bergan edi. Ammo Yevropa faqatgina Angliyadan iborat emas. Kuchli beshlik chempionatlarida ham ko‘plab yulduzlar kashf etilmoqda. Vaqt o‘tgani sayin yoshlar keladi va ketadi. Ammo klublar ularni vaqtida aniqlab, o‘z tomoniga og‘dira olishi ham kerak bo‘ladi. Ko‘plar o‘spirin paytida kuchli va kelajagi porloq sifatida ko‘rinadi. Ammo o‘sha tempni ushlab qolish hammaga ham nasib etavermaydi. Quyida yosh bo‘lishiga qaramay, yorqin harakatlari va gollari bilan tanilishga ulgurgan futbolchilarning ayrimlari taqdim etiladi.

Evan Fergyuson – "Brayton"

O‘yinlar: 15 ta
Gollar: 4 ta

2022-23 yilgi mavsum 18 yoshli Fergyuson faoliyatida muhim ahamiyat kasb etdi. Agarda irlandiyalik hujumchining maydondagi harakatlarini kuzatsangiz, u allaqachon o‘zini tajribali hujumchilardek tutayotganini ko‘rasiz. Fergyusonning yutuqi, uning faqatgina jismoniy ustunligida emas. U o‘yinni taktik tomonlama yaxshi anglaydi. Irlandiya terma jamoasi a’zosi kerak bo‘lganida himoyaga ham qayta oladi va sheriklariga yordam beradi.

Eliss Ben-Segir – "Monako"

O‘yinlar: 16 ta
Gollar: 4 ta

Ben-Segir joriy yil avvalida 18 ga to‘ldi. Ammo u allaqachon "Monako" safida muhim figuraga aylanib ulgurdi. Hamma bahslarda maydonga tushirilmayotgan bo‘lsada, Ben-Segir kerakli vaziyatlarda foydali ekanini isbotlay oldi. Xususan, u "Monako" safidagi ilk bahsida "Oser"ga qarshi dubl qayd etib, 3-2 hisobidagi g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

Matis Tel – "Bavariya"

O‘yinlar: 20 ta
Gollar: 5 ta

"Bavariya"ning asosiy tarkibiga kirishga muvaffaq bo‘lgan so‘nggi yosh futbolchi aynan Tel edi. U "Renn" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Hujumchi yosh bo‘lishiga qaramay, katta tezlik va kuchli texnika sohibidir. U joriy mavsumning Bundesligadagi eng yosh gol muallifiga aylangandi. Germaniya kubogiga ham aynan shu argumentni keltira olamiz.

Yusuffa Mukoko – "BVB"

O‘yinlar: 25 ta
Gollar: 7 ta

Hali 18 ga to‘lmasidanoq, Mukoko o‘zining nimalarga qodir ekanini har qaysi yosh toifasida namoyish etib kelmoqda. U "Borussiya Dortmund" safida Erling Xoland merosxo‘riga aylana oldi. To‘g‘ri, hali Xoland darajasiga yetish uchun Mukokoga ancha bor. Ammo nemis hujumchisi allaqachon jamoa bosh murabbiyi Edin Terzich ishonchiga kira oldi.

Jud Bellingem – "BVB"

O‘yinlar: 31 ta
Gollar: 8 ta

Bu yigitga gap bo‘lishi mumkin emas. Bellingemning harakatlaridan, uni xuddi, yillab tajribaga ega deb o‘ylaysiz. Aslida esa u endigina 19 yoshda xolos. Ko‘pchilik uni "Real"ga o‘tadi deb o‘ylamoqda. Chunki Bellingem shu darajaga chiqa oldi. Angliya terma jamoasi a’zosi yarim himoyachi sifatida 8 ta gol urdi. U endi "Borussiya Dortmund"da qola olmaydi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:37, 17.05.2023.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.