Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Real" YECHL pley-offlarining birinchi o‘yinini durang bilan tugatgan so‘nggi beshta holat: o‘shanda nima yuz bergandi?

"Real" YECHL pley-offlarining birinchi o‘yinini durang bilan tugatgan so‘nggi beshta holat: o‘shanda nima yuz bergandi?

Baho:
+ | -

Joriy mavsumning Chempionlar-ligasi yarim finallaridan biri "Real" va "Manchester Siti" o‘rtasida kechmoqda. Birinchi davra Madriddagi 1-1 hisobidagi durang bilan yakunlanadi. Shu sababli ushbu juftlik borasida taxminiy fikr bildirish biroz murakkab ish. To‘g‘ri, "Real" yangi davrdagi o‘zi chiqqan finallarning barida g‘alaba qozongan. Ammo bu qoida yarim final uchun ham ishlaydimi? Mana shu – masala. Quyida "Real"ning pley-off bosqichlarida qayd etgan durang natijalari va u olib kelgan oqibatlarga nazar tashlaymiz.

"Real" 1–1 "Chelsi" (2021)

2021 yilgi yarim finalda, "Real" o‘z maydonida 1-1 hisobida durang qayd etadi. "Chelsi" bilan safarda kechgan bahs esa londonliklar foydasiga hal bo‘lgandi. "Manchester Siti" buni yaxshi biladi. Ammo u paytda "Chelsi" Tomas Tuxelniki edi.

"Manchester Siti" 0-0 "Real" (2016)

Yuqoridagi "Chelsi" bilan bahsdagi durang, "Real"ning YECHL pley-offlarida qayd etgan so‘nggi besh yildagi birinchi durangi edi. Bundan oldingisi 2015-16 yilda Manuel Pellegrini shogirdlariga qarshi yuz bergan. "Manchester Siti" o‘shanda ancha qiynalgan. Jamoa raqibga qarshi himoyada o‘ynashga majbur edi. Shunga qaramay, 2016 yil "shaharliklar" tarixida ilk YECHL yarim finali sifatida qoladi. Zayniddin Zidan boshqargan "Real", birinchi davradagi 0-0 dan keyin, mehmonda Fernandinyoning avtogoli evaziga finalga yo‘l oladi.

"Atletiko" 0-0 "Real" (2015)

"Real" o‘sha davrda uch mavsum ketma-ket ravishda Diyego Simeonening "Atletiko"sini YECHLdan chiqarib yuboradi. Shulardan ikkinchisi 2014-15 yilgi mavsumning chorak finaliga to‘g‘ri kelgandi. Bu mavsumda "matraschilar" "Real"ni Ispaniya kubogida mag‘lub etib, La-ligada ham 4-0 hisobida dog‘da qoldiradi. Qasos esa YECHL orqali olinadi. "Visente Kalderon"dagi nursiz durangdan keyin, "Santiagu Bernabeu"da g‘alabaga erishiladi. O‘shanda Xavyer Ernandesning 88 daqiqadagi goli hammasini hal qilgan edi.

"Real" 1-1 "MYU" (2013)

"Real" 2012-13 yilgi mavsum YECHL guruh bahslarini Yurgen Kloppning "Borussiya Dortmund"didan keyingi pog‘onada yakunlagandi. Shu sabab "qaymoqranglilar" pley-offning dastlabki bosqichini "MYU"ga qarshi o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Ronaldu Madriddagi bahsda hisobni tenglashtiradi. Manchesterda ham aynan u sobiq jamoasini mag‘lub qilishda katta hajmdagi ishni bajargandi. Ikkinchi o‘yin 2-1 hisobida "Real" foydasiga hal bo‘ladi.

"SSKA Moskva" 1-1 "Real" (2012)

Joze Mourinyoning "Real"i 2012 yil mayini La-ligada 100 ochko bilan chempion holda tugatadi. Jamoa fantastik mavsum o‘tkazadi. "SSKA" bilan nimchorak finalda 1-1 hisobi qayd etilgach, navbat Madriddagi javob uchrashuviga yetib keladi. Mourinyo jamoasi o‘z uyida raqibni 4-1 hisobida osongina taslim etadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:54, 17.05.2023.
O'qildi: 3743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.