Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Bernardu Silva men hayotimda ko‘rgan eng yaxshi o‘yinchilardan biri»

Gvardiola: «Bernardu Silva men hayotimda ko‘rgan eng yaxshi o‘yinchilardan biri»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Bernardu Silvaning kecha «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi 1/2 final uchrashuvidagi o‘yini haqida gapirdi.

Uchrashuv 4:0 hisobida «shaharliklar»ning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi, Bernardu dubl qayd etdi.

«Bunday turnirning finaliga chiqqaningizda, bayram qilish kerak. Mening shogirdlarim zo‘r taassurot qoldirdi.

Bernardu Silvaning o‘yinini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, u men hayotimda ko‘rgan eng yaxshi o‘yinchilardan biri», - deb yozadi UYEFA matbuot xizmati ispaniyalik murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirib.

«Manchester Siti» Chempionlar ligasi finalida «Inter»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:08, 18.05.2023.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.