Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

«Manchester Siti» - «Real» uchrashuvi raqamlarda

«Manchester Siti» - «Real» uchrashuvi raqamlarda

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final javob bahsi doirasida “Manchester Siti” o‘z uyida “Real Madrid”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Shaharliklar”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi, “Real”ning 5-yirik mag‘lubiyati

“Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasi uy o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 26 ta o‘yinga yetdi. Jamoa bu borada uchinchi o‘rinda bormoqda. “Bavariya” (29 ta) va “Barselona” (38 ta) “Manchester Siti”dan ko‘proq mag‘lubiyatsiz o‘yin o‘tkazgan.

“Real Madrid” Chempionlar Ligasi tarixida beshinchi marta 4 va undan ko‘p gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi. “Qirollik klubi” 2009 yilda “Liverpul”ga (0:4), 1989 yilda “Milan”ga (0:5), 1980 yilda “Gamburg”ga (1:5), 1965 yilda “Benfika”ga (1:5) mag‘lub bo‘lgan.

“Manchester Siti” 2022/23 yilgi mavsumda yirik hisobda g‘alaba qozonish bo‘yicha top-5 chempionatlar jamoalari ichida eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. “Real”ga qarshi o‘yinda “shaharliklar” 21-yirik g‘alabani nishonladi.

Chempionlar Ligasi finalida “Inter” va “Manchester Siti” o‘zaro to‘qnash keladi hamda bu jamoalarning birinchi rasmiy uchrashuvi bo‘ladi.

Fergyusonni ortda qoldirgan Anchelotti, 100-g‘alabasiga erishgan Gvardiola va boshqa individual raqamlar

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bruyne “Real”ga qarshi o‘yinda Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi oltinchi va yettinchi assistini amalga oshirdi. Belgilaylik futbolchi bu natija bo‘yicha Vinisius Juniorni ortda qoldirib 1-o‘ringa ko‘tarildi.

Jek Grilish angliyalik futbolchilar ichida Yevropa Chempionlar Ligasining bir mavsumida vaziyat yaratish (35) bo‘yicha Frenk Lempardning rekordini yangiladi.

Mankunianlarning argentinalik futbolchisi Xulian Alvares bir mavsumda ham Jahon chempionatini, ham Chempionlar Ligasini yutgan o‘ninchi futbolchiga aylanishi mumkin. Xuddi shu natijaga “Inter” vakili Lautaro Martines ham erishishi mumkin.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasida 100 ta g‘alabaga erishish uchun eng kam o‘yin o‘tkazgan murabbiyga aylandi. Ispaniyalik mutaxassis 160 ta o‘yinda o‘zining 100-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Gvardiola Chempionlar Ligasi tarixida “Real Madrid”ni uchta mavsumda musobaqadan chiqarib yuborgan birinchi murabbiyga aylandi.

“Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti YECHLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiyga aylandi. Italiyalik mutaxassis musobaqadagi 191-o‘yinida ishtirok etdi va Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi.

Anchelotti Gvardiolaga qarshi kechgan so‘nggi 8 o‘yinning 6 tasini boy berdi (yana 1 tadan g‘alaba va durang). Umumiy hisobda ular 10 marta to‘qnash keldi: Karloda 3 ta, Pepda 6 ta g‘alaba bor.

Yevropa Chempionlar Ligasi finalida 2009/10 yilgi mavsumdan beri birinchi marta fransiyalik futbolchi ishtirok etmaydi.

Erling Holand “Real”ga qarshi ikkinchi o‘yinda ham maydonni golsiz tark etdi. Norvegiyalik futbolchi YECHL doirasida 1 tadan ko‘p to‘qnash kelgan klublaridan faqat “Real” va “Man Siti”ga gol ura olmagan.

Rodri o‘yin davomida 124 marta to‘pga tegindi. Bu Vinsiius Junior (39), Karim Benzema (37) va Rodrigoning (33) umumiy natijasidan ko‘proq.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:45, 18.05.2023.
O'qildi: 4233 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик