Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

UZREPORT TV U-20 jahon chempionatini jonli efirda translyasiya qiladi

UZREPORT TV U-20 jahon chempionatini jonli efirda translyasiya qiladi

Baho:
+ | -

Millionlab o‘zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda hamda yosh futbolchilarimizni jahon maydonlarida qo‘llab-quvvatlash maqsadida UZREPORT TV telekanali 20 maydan 11 iyungacha Argentinada bo‘lib o‘tadigan U20 jahon chempionatini translyasiya qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritdi.

Turnir Santiago Del-Estero, San-Xuan, La-Plata hamda Mendoza shaharlarida o‘tkaziladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi amaldagi Osiyo chempionlarimiz Argentina maydonlarida ham shunday muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettiradi deb umid qilamiz.

E’tiborlisi, U20 terma jamoamiz a’zolari musobaqani mezbon bo‘lmish Argentinaga qarshi bahs bilan boshlaydi. O‘yin 21 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi 02:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil O‘zbekiston maydonlarida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida U20 terma jamoamiz g‘olib chiqqan. Ushbu turnir ham UZREPORT TV telekanali orqali to‘liq formatda namoyish etilgandi. Qayd etish lozim, aynan UZREPORT TV Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan tashkil qilingan qator musobaqalar translyasiyasini amalga oshirib kelmoqda.

Yaqinlashib kelayotgan jahon birinchiligida yigitlarimizga omad tilaymiz!

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 22:19, 18.05.2023.
O'qildi: 5562 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.