Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Made in Russia innovasion yechimlari «O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023» ko‘rgazmasida

Made in Russia innovasion yechimlari «O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023» ko‘rgazmasida

Baho:
+ | -

Rossiya kompaniyalari «O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023» 25 yillik xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasida «Made in Russia» brendi ostida innovasion yechimlarni taqdim etadi. Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 18–20 may kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

«Made in Russia» ekspozisiyasida neft-gaz sanoatining ilg‘or ishlanmalari va texnologiyalari namoyish etiladi. Bu esa o‘z ornidz rossiyalik ishlab chiqaruvchilar yuqori texnologiyali innovasiyalar va sinovdan o‘tgan tajribalarni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirganini yana bir bor namoyish etadi. Rossiyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan va xalqaro maydonda faol ravishda o‘z ishtirokini kengaytirayotgan 44 ta kompaniya mazkur ko‘rgazmada o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

Eksponatlar orasida metan sizib chiqishini aniqlash uskunalari, rezbali ulanishlar sifatini nazorat va qayd qikish innovasion uskunalar, laboratoriya tekshiruvlari uchun mikrosuyuq platforma, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini neyron tarmoqlarini optimallashtirish va neft qazib olish samaradorligini oshirish texnologiyasi ko‘rgazmada namoyish etiladi.



OGU 2023 ko‘rgazmasi doirasida ishtirokchilar kelajak hamkorlar, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar yoqilg‘i-energetika kompleksi rahbarlari va mutaxassislari bilan bir qator biznes uchrashuvlar o‘tkazadilar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladilar. Rossiya kompaniyalari vakillari o‘z mahsulotlarini taqdim etgan holda tajriba va ilg‘or hamkorlik amaliyotlari bilan o‘rtoqlashadilar, neft va gaz sanoatini xavfsizroq va ekologik jihatdan qulayroq qilish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

«O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023» ko‘rgazmasi neft va gaz sanoatini rivojlantirish va turli mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun asosiy platforma hisoblanadi. Unda 16 davlatdan 7000 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ko‘rgazmani O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining rasmiy ko‘magida Iteca Exhibitions kompaniyasi tashkil etmoqda.

*«Made in Russia» brendi Rossiyaning milliy brend bo‘lib, o‘z nomi ostida Rossiya kompaniyalarining xalqaro ko‘rgazmalar va biznes missiyalarida ishtirokini ta’minlaydi. Brend mahalliy mahsulotlar, xizmatlar, ishlab chiqaruvchilarning loyihalari, ichki hamda xalqaro bozorlarda tan olinishini oshirishga yordam beradi. Rossiya kompaniyalari aynan «Made in Russia» brendi ostida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan OGU-2023 25-xalqaro ko‘rgazmasida neft-gaz sohasida o‘z texnologiyalari va ishlanmalarini taqdim etadi.

OGU – bu neft va gaz sanoati mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, tegishli davlat organlari vakillari, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir joyda jamlovchi O‘zbekistondagi eng yirik yillik ko‘rgazmasii. OGU har yili neft-gaz sanoatidagi dolzarb muammolar va masalalarga zamonaviy yechimlarni taqdim etadi. Mazkur ko‘rgazma tegishli idoralar va xalqaro neft-gaz kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmi hisoblanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:44, 18.05.2023.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.