Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Firmino: Ketish oldidan rekord imkoniyati

Firmino: Ketish oldidan rekord imkoniyati

Baho:
+ | -

Roberto Firmino «Liverpul» bilan xayrlashishidan oldin bir ko‘rsatkich bo‘yicha Yurgen Klopp qo‘l ostida o‘ynagan barcha futbolchilar orasida mutlaq rekordchiga aylanishi mumkin.

Oddiy aytganda, braziliyalik hujumkor yarim himoyachi va germaniyalik mutaxassis o‘rtasidagi o‘ta kuchli bog‘lam yuqori notada uziladigan ko‘rinadi.

Ha, Roberto Firmino yozda erkin agent maqomini olib, faoliyatidagi «Liverpul» sahifasini yopmoqchi. Braziliyalik xayrlashuv sodir bo‘lishidan oldin esa 2015 yili o‘rnatilgan Yurgen Klopp davriga bog‘liq bir ajib rekord­ni yangilashi mumkin. Yakshanba kungi holat bo‘yicha «qizillar» uchun joriy mavsum hisobidan 3ta o‘yin qoldi (Yurgen Klopp jamoasi APL 36-turidan o‘rin olgan «Lester»­ga qarshi uchrashuvni kecha o‘tkazdi). Xullas, Firmino finishga qadar germaniyalik murabbiy qo‘l ostida o‘ynagan daqiqalar bo‘yicha 1-o‘ringa chiqib olish imkoniyatiga ega. Hujumkor yarim himoyachi ayni payt Klopp eng ko‘p o‘ynatgan futbolchilar ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Raqamlarda aytsak, braziliyalik futbolchi germaniyalik murabbiy qo‘l ostida jami 25020 daqiqa harakatlangan. Klopp bilan hamkorlik qilganlar orasida faqat Neven Subotich (25107 daqiqa) va Roman Vaydenfeller (25156 daqiqa)da o‘yin vaqti bundan ko‘proq. Demak, Firminoda Dortmund «Borussiya»sining afsonaviy darvozaboniga tegishli rekordni yangilash va Yurgen Klopp erasida maydonda eng ko‘p vaqt to‘p surgan futbolchiga aylanish uchun real imkoniyat mavjud. Hozirda uni yuqori ko‘rsatkichdan bor-yo‘g‘i 136 daqiqa ajratib turibdi. To‘g‘ri, Muhammad Saloh (24807 daqiqa) keyingi mavsum bu borada mutlaq rekord­chiga aylanadi katta ehtimol. Albatta, agar Yurgen Klopp yonida qolsa.

Yurgen Klopp davrida eng ko‘p vaqt o‘ynagan  futbolchilar (14 may holati bo‘yicha)

1. Roman Vaydenfeller («Borussiya» D.) - 25156 daqiqa

2. Neven Subotich («Borussiya» D.) - 25107 daqiqa

3. Roberto Firmino («Liverpul») - 25020 daqiqa

4. Muhammad Saloh («Liverpul») - 24807 daqiqa

5. Endryu Robertson («Liverpul») - 22650 daqiqa

«Liverpul»ning APL-2022|2023 finishiga qadar o‘yinlari: «Lester» (kecha), «Aston Villa» va «Sautgempton». Firmino shundan so‘ng erkin agent maqomini oladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:10, 19.05.2023.
O'qildi: 2784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик