Kirish Ro'yxatdan o'tish

“AZ” muxlislari o‘yindan so‘ng “Vest Hem” futbolchilari oilasi o‘tirgan tribunaga hujum qildi (video)

“AZ” muxlislari o‘yindan so‘ng “Vest Hem” futbolchilari oilasi o‘tirgan tribunaga hujum qildi (video)

Baho:
+ | -

Yevropa Konferensiyalar Ligasi yarim final javob o‘yinida “Vest Hem” “AZ” ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda inglizlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Javob o‘yinining hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Pablo Fornalsning goli evaziga “Vest Hem” zafar quchdi. Umumiy hisob — 3:1 “bolg‘achilar” foydasiga.

O‘yin tugagach, niderlandiyalik muxlislar to‘siqlarni oshib o‘tib, “Vest Hem” futbolchilari oilasi joylashgan tribuna tomon tashlandi. Qo‘riqchilar ularni to‘xtatib qololmadi.



Muxlislar mehmonlarga qarata pirotexnik vositalarni uloqtirdi. Natijada mushtlashuv kelib chiqdi.

“Vest Hem” futbolchisi Lukas Paketa o‘ylab o‘tirmasdan, mushtlashuvga qo‘shilib ketdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:39, 19.05.2023.
O'qildi: 7595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик