Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ivan Boshkovich: «Jasur Hasanovning borligi menga yoqadi»

Ivan Boshkovich: «Jasur Hasanovning borligi menga yoqadi»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turida safarda «Buxoro» klubini mag‘lub etgan «So‘g‘diyona» klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘yin sifati, yoshlar, Jasur Hasanov va murabbiylar shtabi haqida gapirdi.

«O‘yin shunday tarzda kechishini bilgandik. Kuchli bosim ostida o‘ynadik. Bu kabi raqib bilan o‘yinlar doim qiyin kechadi. Kurashlarga boy, qiyin va yuqori saviyadagi o‘yin ko‘rdik. Shunday bo‘lsada, bugun g‘alabaga erishdik. Natijaga qaramay, o‘yin sifatiga e’tirozlarim etarli. Bizni quvontirayotgan asosiy jihat – uchta o‘yindan beri darvozamizni  dahlsizligini saqlab kelayapmiz», - dedi Boshkovich.

«Asosiysi – fundament. Himoya mustahkamligi biz uchun eng zarur omil. Ishlashda, izlanishda davom etamiz. Bu jamoa bilan kuchli va raqobatbardosh jamoa qurishimizga ishonaman».

«Soibov va Xalilov singari zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytira oladigan yoshlar etarli. Jasur Hasanovning jamoada borligi esa meni quvontiradi. U bilan birga ishlash yoqimli».

“Jamoa murabbiylar shtabi tajribali va o‘z ishining ustalaridan iborat deya olaman. Ulardan biri bilan «Nasaf»da birga ishlaganman. Yana bir bilan esa «Bunyodkor»da. Biz yaxshi jamoa qurishga birga harakat qilamiz”.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:55, 20.05.2023.
O'qildi: 1947 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик