Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Dilyaver Vaniyev: "Natijani adolatli deb bo‘lmaydi. Kimdir yutishi kerak edi"

Dilyaver Vaniyev: "Natijani adolatli deb bo‘lmaydi. Kimdir yutishi kerak edi"

Baho:
+ | -

Pro-liganing 9-turi doirasida "Lokomotiv" maydonidagi durangdan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Uchrashuv Pro-liganing markaziy o‘yini bo‘la oldi. Maydondagi futbolchilar tezkor va jangovar o‘yin namoyish qildi. Umuman olganda ikki jangovar jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. Natija... Ikkala jamoada ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Natijani adolatli deya olmayman. Kimdir g‘alaba qozonsa bo‘lardi. Barchasini boricha qabul qilamiz. 0:0. Oldinga intilishda davom etamiz.

— Ushbu ikki jamoa mavsumoldi yig‘inlarda ham o‘zaro sinov-nazorat uchrashuvi o‘tkazgandi. O‘shanda ham jamoalar kam vaziyatlarga ega bo‘lishgandi. Bu ikki jamoaning o‘yin sifati aynan shunday ekanligidan dalolatmi? Bugun zerikarli o‘yin bo‘ldi deb hisoblaysizmi?
— Shunchaki kam vaziyat yuzaga keltirildi. Bunday o‘yinlarda vaziyatlar ko‘p bo‘lmaydi. O‘yin oldidan gol o‘tkazib yubormaslikni va himoyada mustahkam o‘ynashni maqsad qilgandik. Mavsumoldi nazorat o‘yinlarida esa biz asosiy tarkibni aniqlayotgandik. Nazorat o‘yini va rasmiy o‘yinni o‘zaro solishtirib bo‘lmaydi. Bugun himoyada juda mas’uliyatli o‘ynashga harakat qildik. Shunday ham belgilangan darajada o‘yin o‘xshadi. "Lokomotiv"ning so‘nggi ikki o‘yinini kuzatib chiqdik. Barchaning xatolari bor. Biz ham xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 08:09, 21.05.2023.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.