Kirish Ro'yxatdan o'tish

Terzich: "Dortmundga chempionlikni qaytarish uchun o‘z stadionimizda muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonishimiz kerak"

Terzich: "Dortmundga chempionlikni qaytarish uchun o‘z stadionimizda muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonishimiz kerak"

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Edin Terzich "Augsburg" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0) haqidagi fikrlari o‘rtoqlashdi.

Bir kun avval "Bavariya" o‘z maydonida "Leypsig"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (1:3), bundan so‘nggi tur oldidan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan "arilar" unumli foydalandi.

"Bunday vaziyatda bo‘lish yoqimli. Endi biz chempionlikka juda uzoq vaqtdan beri yaqinroqmiz. Oxirgi qadam qolmoqda - Dortmundga chempionlikni qaytarish uchun o‘z stadionimizda muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz hali chempion emasmiz. Keling, his-tuyg‘ularni so‘nggi turga qoldiraylik", - dedi Terzich DAZN nashriga bergan intervyusida.

"Borussiya Dortmund" 27 may kuni "Mayns"ni mag‘lub etsa, 11 yil ichida ilk bor Bundesligada g‘olib chiqadi. Parallel o‘yinda "Bavariya" "Kyoln" bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 08:36, 22.05.2023.
O'qildi: 1368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик