Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

"Real" bosh prokuraturaga murojaat qildi

"Real" bosh prokuraturaga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi Vinisius Juniorni haqorat qilgani uchun Ispaniya Bosh prokuraturasiga murojaat qildi.

La Liganing 35-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Valensiya” muxlislari Vinisiusni “maymun” va “ahmoq” deb haqorat qilishdi, bu esa janjalga sabab bo‘ldi. Natijada o‘yin 8 daqiqaga to‘xtatildi. Stadionning ommaga murojaat qilish tizimida irqchilikka asoslangan haqoratlar haqida e’lon qilingan va "Mestalya" stadioni tablosida "Valensiya futboldagi zo‘ravonlik va haqoratlarga qarshi" degan yozuv paydo bo‘ldi.

"Real Madrid" futbol klubi Vinisius Juniorga qarshi sodir bo‘lgan voqealarga keskin qarshilik va qoralashini bildiradi.

Bu faktlar sosial-demokratik huquqiy davlatimizning birgalikda yashash modeliga bevosita hujumdir.

Madridning “Real” klubi bunday hujumlar nafrat bilan bog‘liq jinoyatlar, deb hisoblaydi, shu sababli ular faktlarni tekshirish va aybdorlarni aniqlash maqsadida Bosh prokuraturaga, xususan, jinoyatlarga va kamsitishlarga qarshi kurash bo‘yicha prokuraturaga ariza bilan murojaat qilishgan.

Ispaniya Konstitusiyasining 124-moddasida prokuraturaning vazifalari sifatida qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquqlari va jamoat manfaatlarini himoya qilish uchun odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Shu sababdan va ro‘y bergan voqealarning jiddiyligini inobatga olib, “Real Madrid” xususiy ayblovchi sifatida Bosh prokuraturaga murojaat qildi”, — deyiladi Madrid klubi bayonotida.

Kiritildi: 16:00, 22.05.2023.
O'qildi: 2706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.