Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Allegri: "Yuventus"ni tark etishim qo‘rqoqlik bo‘ladi"

Allegri: "Yuventus"ni tark etishim qo‘rqoqlik bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Massimiliano Allegri "Yuventus"dan 10 ochko mahrum qilinganidan noroziligini bildirdi.

Ochkolar olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotlardan so‘ng, Turin jamoasi A Seriyaning 36-turida "Empoli"dan mag‘lub bo‘ldi (4:1).

“Biz uzr izlay olmaymiz, biz “Yuventus”miz, biz g‘alaba qozonishga yoki hech bo‘lmaganda g‘alaba uchun kurashishga o‘rganib qolganmiz. Tabiiyki, o‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida hukm chiqarilgani g‘alati. Ammo bu bizning psixologik tanazzulimizni oqlamaydi. Endi biz faqat sukut saqlashimiz va mag‘lubiyatni qabul qilishimiz mumkin. Uchrashuvdan oldin 69 ochkomiz bor edi, ikkinchi o‘rinda edik, bu hammaga tushunarli bo‘lishi kerak.

10 ochko olib tashlanganidan keyin ham bugungi g‘alaba bizga "Milan" bilan Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini berar edi. Afsuski, hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi.

Yigitlarni ayblay olmayman, ishontirib aytamanki, vaziyat oson emas. Keyingi kunlar ham qiyin bo‘ladi, chunki biz Yevropa ligasidan chiqib ketgandik, keyin 10 ochkosiz qoldik, bungacha esa bizdan uch oy davomida ochkolar olib qo‘yilgan, keyin qaytarilgan.

Bu bahona emas, lekin bu biz uchun g‘ayritabiiy mavsum bo‘ldi, shubhasiz va jamoa bu jarayonda 69 ochko jamg‘argan.

Rahbariyat bilan hamma narsani muhokama qilishimiz, qayerda o‘ynashimizni, Yevropa ligasiga qo‘yib yuborish-qo‘ymasliklarini tushunishimiz kerak.

Barcha musobaqalarni tark etganingizda, bitta reja tuzishingiz kerak. “Yuventus” keyingi mavsumda darhol g‘alaba qozona boshlaydi, deb ayta olmaymiz, lekin asosiysi og‘ir pallada hamjihat bo‘lish.

Ayni damda "Yuventus"ni tark etishim qo‘rqoqlik bo‘lar edi. Kechqurun hafsalam pir bo‘ldi, bizda imkoniyat bor edi, lekin men jamoani hech narsada ayblay olmayman, chunki vaziyat doimo o‘zgarib turadi.

Bir narsani ta’kidlamoqchiman. "Yuventus" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, biz maydonda bunga loyiqmiz. Biz har qanday natijani qabul qilamiz, lekin umid qilamanki, hammasi bir marta va butunlay hal bo‘ladi. Doimiy ravishda yangi ma’lumot olish o‘rniga, ular "Yuventus" bilan nima qilishni xohlashlarini hal qilishsin, bizga ayting va masalani yoping. Hozir sodir bo‘layotgan ishlar o‘z ishini qilayotganlarga, futbolchilar va murabbiylarga hurmatsizlikdir. Qaror qanday bo‘lishi kerakligini aytmayapman, faqat bir marta va butunlay qaror qilishingizni so‘rayman. Yetar!", - dedi “Yuventus” bosh murabbiyi.

Kiritildi: 03:03, 23.05.2023.
O'qildi: 1340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.