Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Bunyodkor» rahbariyati yirik hisobdagi mag‘lubiyat uchun murabbiylardan izoh talab qildi

«Bunyodkor» rahbariyati yirik hisobdagi mag‘lubiyat uchun murabbiylardan izoh talab qildi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, kecha Superliganing 11-turi doirasida “Bunyodkor” o‘z uyida “Navbahor”ni qabul qilib, yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Bugun “Bunyodkor” futbol klubi direktori Sherzod Haqberdiyev jamoa qarorgohida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi.

Ochiq, tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Murod Otajonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi, futbolchilar va personal xodimlar ishtirok etdi. Aytish kerak, so‘nggi mavsumlardan farqli ravishda 2023 yil “Bunyodkor”da moliyaviy tomondan muammolar yuzaga kelayotgani yo‘q. “Bunyodkor” futbol klubi ta’sischisi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining millionlar o‘yiniga berayotgan e’tibori sababidan barcha moliyaviy masalalar o‘z vaqtida hal etilmoqda. Bugungi kunda “Bunyodkor” futbol klubini na futbolchilardan va na xodimlaridan maosh yoki mukofot puli bo‘yicha qarzi yo‘q. Demak, o‘z-o‘zidan ko‘rsatilayotgan e’tiborga yarasha natija ham talab qilinadi.

Sherzod Murodovich yig‘ilishda asosiy urg‘uni shunga qaratar ekan, murabbiy va futbolchilardan “Navbahor”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat uchun izoh talab qildi. Bosh murabbiy Murod Otajonov so‘zga chiqib, o‘yinchilarda ayb yo‘qligini, barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishini ta’kidladi. Futbolchilar nomidan so‘zga chiqqan jamoa sardori Davronjon Ergashev esa, avvalo barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. Sardorimiz so‘zida davom etar ekan, jamoa hozir tushib qolgan vaziyat uchun futbolchilar aybdorligini ta’kidlab, aynan o‘zlari “Bunyodkor”ni hozirgi holatdan olib chiqib ketishlarini ma’lum qildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida so‘z olgan bosh jamoamiz maslahatchi murabbiyi Yuriy Sarkisyan futbolda istalgan klub bu kabi mag‘lubiyatlar bilan to‘qnash kelishini, asosiysi, hammasini tezroq unutib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘rish shartligini ta’kidladi. O‘z navbatida futbolchilar klub rahbariyati bilan navbatdagi uchrashuv yaxshi kayfiyatda o‘tishiga va’da berishdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:57, 23.05.2023.
O'qildi: 3395 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик