Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Nodirbek Abdusattorov ChessKid Cup—2023 musobaqasini muvaffaqiyatli boshladi

Nodirbek Abdusattorov ChessKid Cup—2023 musobaqasini muvaffaqiyatli boshladi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2731) shaxmat bo‘yicha ChessKid Cup—2023 onlayn musobaqasidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.

Abdusattorov dastlabki bosqichda fransiyalik Jyul Mussarga (2644) qarshi dona surdi. Uch  partiya yakuniga ko‘ra Nodirbek 2,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

Yarim finalda O‘zbekiston vakiliga Fabiano Karuana (2764) raqib bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi bahslar bugun o‘tkazilmoqda. Dastlabki o‘yinda durang qayd etildi.

Yarim finalning yana bir bahsi Yorden van Forest va Dmitriy Kollars o‘rtasida kechmoqda.

Chorak final natijalari bilan tanishing:

Hikaru Nakamura (Yaponiya) — Yorden van Forest (Niderlandiya) 1,5:2,5
Alireza Firuzja (Fransiya) — Dmitriy Kollars (Germaniya) 2:3
Fabiano Karuana (AQSH) — Aleksandr Shimanov (FIDE) 2,5:0,5
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — Jyul Mussar (Fransiya) 2,5:0,5

Chorak finalda yengilgan shaxmatchilar yutqazganlar bosqichiga yo‘l oldi:

Hikaru Nakamura — Alireza Firuzja
Aleksandr Shimanov — Jyul Mussar

Mazkur juftlikda g‘alaba qozonganlar yarim finalda yutqazgan shaxmatchilar bilan o‘ynaydi va grand finalda qatnashish imkoniyatini yo‘qotmaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:08, 23.05.2023.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик