Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Rabyo uchun kurashga yana bir gigant klub qo‘shildi

Rabyo uchun kurashga yana bir gigant klub qo‘shildi

Baho:
+ | -

“Yuventus” yarim himoyachisi Adriyen Rabyo faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “qizil iblislar” hali ham 28 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Rabyoni maqtayapti va rahbariyat yarim himoyachi bilan shartnoma imzolay olishiga umid qilmoqda.

Biroq, ta’kidlanishicha, ayni damda ingliz giganti futbolchi bilan muzokaralarda hech qanday muvaffaqiyatga erishmagan, chunki u uchun kurashda ko‘plab klublar, jumladan, "Bavariya" ham qatnashmoqda.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, Rabyoning "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirish umidsiz natija bo‘ladi. 

Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi bir oydan keyin tugaydi.

Kiritildi: 21:47, 24.05.2023.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик