Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shunchaki, «Bayer»ni «bo‘g‘ish»...

Shunchaki, «Bayer»ni «bo‘g‘ish»...

Baho:
+ | -

Zarbalar soni bo‘yicha 1:23 va 0,03 xG ko‘rsatkichi - Joze Mou­rinyo shu tariqa «Roma»ni YEL finaliga yetakladi. «Bayer»ga achinish mumkin.

Axir Xabi Alonsoning xushchaqchaq jamoasi yarim finalning javob o‘yinida total ustunlikka erishdi, biroq «Benazir» qo‘ygan «avtobus»ni o‘rnidan qimirlatolmadi. Rimdagi birinchi o‘yinda Eduardo Bovening yagona goli evaziga g‘alaba qozongan «bo‘rilar» Leverkuzenga aynan gol qo‘yib yubormaslik missiyasi bilan yo‘l olishgandi va buni uddalashdi.

Zarbalar - 23:1, aniq zarbalar - 6:0, kutilgan gol ko‘rsatkichi - 1,01: 0,03xG. Hammasi «Bayer» foydasiga. Ammo yakuniy natija... Bu Joze Mou­rinyoning navbatdagi master-saboqi. Leverkuzen jamoasini bir vaziyatda goldan darvoza to‘sini mosuvo qildi, shuningdek, Sardor Azmunning zarbasi o‘ta xavfli chiqdi. «Roma» esa o‘yindagi yagona zarbani 2-daqiqada yo‘lladi, shu ham noaniq chiqdi. To‘g‘ri, «Bayer» statistikasida uzoq va o‘rta masofalardan berilgan oddiy zarbalar ulushi ko‘p. Ikkinchi bo‘limga kelib, «Roma» butunlay o‘z jarima maydoniga chekindi. Biroq mezbonlar «avtobus»ga qarshi qandaydir chora topa olishmadi. Aksincha, rimliklar himoyada o‘ta xotirjam harakatlanishdi. Buning oqibatida «Bayer» vakillari asabiylasha boshlashdi. 6ta sariq kartochka shundan dalolat. Hattoki, bosiq tabiati bilan ajralib turadigan Xabi Alonso ham hakamdan o‘z «nasibasi»ni oldi.

Yakunda «quruq» o‘yin va «Ba­yer» ham, Xabi Alonso ham finaldan quruq qoldi. Joze Mourinyo «Roma»si aksincha, yana yevrokubok turniri hal qiluvchi bahsida. Rim klubi qatorasiga 2-marta yevromusobaqa finalida o‘ynaydi. Taqqoslash uchun, jamoa Mou davridan oldin butun tarixida ham 2tagina finalni ko‘rgan. Ha, «Benazir» shunday benazir! Aytgancha, Mourinyoning o‘zi yevrokuboklar finallariga bog‘liq ajoyib statistikaga ega: 5ta urishdan 5ta g‘alaba (qit’a superkubogi hisobga olinmagan).

Joze Mourinyo yevrokuboklar finallarida

2002/2003: «Portu» bilan UYEFA kubogida «Seltik» ustidan g‘alaba (3:2) 

2003/2004: «Portu» bilan CHLda «Monako» ustidan g‘alaba (3:0) 

2009/2010: «Inter» bilan CHLda «Bavariya» ustidan g‘alaba (2:0) 

2016/2017: «MYU» bilan YELda «Ayaks»» ustidan g‘alaba (2:0) 

2021/2022: «Roma» bilan KLda «Feyenoord» ustidan g‘alaba (3:2) 

Portugaliyalik yaqin orada bu statistikasini 6tadan 6ta g‘alaba darajasiga oshirishi mumkin. To‘g‘ri, «Roma» buning uchun YELning yengilmas jamoasi - «Sevilya»ni yengishi kerak.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 24.05.2023.
O'qildi: 2324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик