Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan

Italiya va Ispaniya chempionatlarida qanday intrigalar qoldi?

Italiya va Ispaniya chempionatlarida qanday intrigalar qoldi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasidagi mavjud vaziyatdan so‘ng Ispaniya va Italiya chempionatlaridagi holatga ham to‘xtalib o‘tamiz.

Ispaniya Primyerasi

Nima ma’lum:

"Barselona" - chempion;

"Barsa", "Atletiko" va "Real Madrid" Chempionlar Ligasida o‘ynaydi;

"Real Sosyedad" va "Vilyarreal" Yevropa musobaqalarida o‘ynaydi;

“Elche” Segundaga tushib ketdi.

Diyego Simeone shogirdlari so‘nggi o‘yin davomida 3:0 hisobida oldinda bo‘lgan bo‘lsa-da, “Espanyol” bilan o‘yin yakunida 3:3 hisobida durang o‘ynab, “Real Madrid” “Atletiko”ni ikkinchi o‘rindan tushirib yubordi. “Qirollik klubi” chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganda raqibdan bir ochkoga oldinda. "Real Madrid"ni "Sevilya" va "Atletik" bilan o‘yinlar kutmoqda. Madridning yana bir klubi esa “Real Sosyedad” va “Vilyarreal”ga qarshi maydonga tushadi.

"Real Madrid" va "Atletiko" ikkinchi o‘rin uchun kurashni davom ettirmoqda.

Birinchi raqamli intriga: Chempionlar ligasida kim o‘ynaydi?

To‘rtinchi o‘rin taqdiri "Real Sosyedad"ning qo‘lida. Ular "Vilyarreal"dan besh ochkoga ilgarilab ketgan. Chempionat tugashiga ikki tur qolganda bunday ustunlikni qo‘ldan boy berish g‘alati holat bo‘ladi. To‘g‘ri, San-Sebastyan klubining taqvimi oson emas: "Atletiko" va "Sevilya" bilan o‘yinlar kutmoqda. "Vilyarreal" ham Simeone jamoasi bilan o‘ynaydi, ammo bungacha "Rayo Valyekano" bilan uchrashadi.

Ikkinchi raqamli intriga: yettinchi o‘rinni kim egallaydi?

“Betis” amalda jadvalning oltinchi pog‘onasini qo‘lga kiritdi. Yettinchi o‘rin va Konferensiya ligasiga yo‘llanma uchun shiddatli kurash boshlandi. “Jirona”, “Sevilya” va “Osasuna” ham yettinchi o‘rin uchun kurashmoqda.

Uchinchi raqamli intriga: ligadan kimlar chiqib ketadi?

"Espanyol" eng yomon holatda. Kataloniya klubi "Atletiko" bilan o‘yinda ajoyib "kambek" qildi, ammo baribir 35 ochko bilan 19-o‘rinni tark etmadi. Birdaniga uchta jamoa 38 ochkodan to‘plashgan: “Xetafe”, “Kadis” va “Valyadolid”. "Almeriya"da 39 ochko, "Valensiya" va "Selta"da 40 ochko mavjud. Bunday holatda quyidagi jamolardan hech birini chempionatda o‘rnini saqlab qoladi deb aniq aytib bo‘lmaydi.

Italiya A Seriyasi

Nima ma’lum:

“Napoli” – chempion;

"Lasio" Chempionlar ligasida o‘ynaydi;

"Inter" Yevropa musobaqalarida ishtirok etadi;

"Sampdoriya" va "Kremoneze" B seriyaga tushib ketishdi.

Birinchi raqamli intriga: Chempionlar Ligasi zonasiga kimlar kiradi?

"Yuventus"ga 10 ochkolik jarima belgilandi. Hozir Maks Allegri jamoasi yettinchi o‘rinda, kuchli 4-likka kirish deyarli imkonsiz. Italiyadan Chempionlar ligasiga uchinchi yo‘llanmani "Inter"(66 ochko) qo‘lga kiritishi kerak. Buning uchun o‘z uyida "Atalanta"ga yoki safarda "Torino"ga mag‘lub bo‘lmasa kifoya. Kuchli to‘rtlikdan yana bir o‘rin uchun “Milan” (64 ochko), “Atalanta” (61), “Roma” (60) va “Yuventus” (59) jamoalari kurashmoqda. "Qizil-qoralar"da eng yaxshi imkoniyat bor, lekin ko‘p narsa "Milan"ning keyingi turda "Yuventus" bilan qanday o‘ynashiga bog‘liq. Chempionlar ligasiga chiqa olmagan jamoalar Yevropaning boshqa musobaqalarida qatnashadi.

Ikkinchi raqamli intriga: B Seriyaga kimlar tushib ketadi?

“Lechche” (33 ochko), “Spesiya” (31) va “Verona” (30) ular orasida elita divizionini tark etadigan jamoa nomi albatta, mavjud. Buni faqat so‘nggi tur yakunida bilib olamiz.

Kiritildi: 14:36, 25.05.2023.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.