Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 00:00 Bavariya 1-0 Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/04 00:00 Bavariya 1-0 Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/04 12:00 Tojikiston 2-0 Janubiy Koreya
18/04 14:00 Eron 3-1 Afg‘oniston
18/04 16:00 Yaponiya 2-3 Qirg‘iziston
18/04 18:00 Indoneziya 1-0 Avstraliya
18/04 19:00 Kuvayt 2-1 Bahrayn
18/04 20:30 Iordaniya 1-2 Qatar
19/04 12:00 Xitoy - Vyetnam
19/04 14:00 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
19/04 16:00 Myanma - Tailand
19/04 18:00 BAA - Yaponiya
19/04 19:00 Iroq - O‘zbekiston
19/04 20:30 Xitoy - Janubiy Koreya
19/04 20:30 Tailand - Saudiya Arabistoni
19/04 21:30 Jenoa - Lasio
19/04 23:00 Tojikiston - Iroq
19/04 23:45 Kalyari - Yuventus
20/04 00:00 Nissa - Loryan
20/04 00:00 Atletik Bilbao - Granada
20/04 05:00 Man. Yunayted - Nyukasl
20/04 12:00 Qirg‘iziston - Tojikiston
20/04 14:00 Afg‘oniston - Kuvayt
20/04 16:00 Janubiy Koreya - Yaponiya
20/04 17:00 Selta - Las-Palmas
20/04 18:00 Malayziya - Vyetnam
20/04 19:00 Luton - Brentford
20/04 19:00 Sheffild Yunayted - Byornli
20/04 19:00 Bahrayn - Eron
20/04 19:15 Rayo Valyekano - Osasuna
20/04 20:00 Nant - Renn
20/04 20:30 Kuvayt - O‘zbekiston
20/04 21:00 Empoli - Napoli
20/04 21:30 Valensiya - Betis
20/04 23:30 Vulverhempton - Arsenal
20/04 23:45 Verona - Udineze
21/04 00:00 Lans - Klermon
21/04 00:00 Jirona - Kadis

Alba ham ketdi - "Barselona"ga 2015 yilda YECHLni olib kelgan tarkib hozir qayerda?

Alba ham ketdi - "Barselona"ga 2015 yilda YECHLni olib kelgan tarkib hozir qayerda?

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" jamoasida bu mavsum avlodlar almashinuvining cho‘qqisi kuzatilmoqda - jamoani 2022/23 yilgacha Jerar Pike (faoliyatini yakunladi), Serxio Buskets va Jordi Alba tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Keling, quyida jamoaga 2014/15 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi sovrinini olib bergan futbolchilar qayerda ekanligini eslab o‘tamiz.

Mark-Andre ter Shtegen - "Barselona"da

"Barselona" safiga aynan o‘sha mavsum boshida kelib qo‘shilgan Ter Shtegen hozirgi kunda jamoaning asosiy yetakchilisi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan uning superseyvlari sabab bu mavsumda La Ligani qo‘lga kiritdi. Shu vaqtgacha "ko‘k-anorranglilar" safida nemis kiperi 375 ta o‘yin o‘tkazgan. U bu bahslarda 367 ta gol qo‘yib yuborgan bo‘lsa, 156 matchda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Maskerano - hozirda Argentina U-20 bosh murabbiyi

"Liverpul" safidagi o‘yinlari orqali "Barselona"ga o‘tgan Xavyer Maskerano ayni vaqtda murabbiylik faoliyatini boshlab yuborgan. U ayni vaqtda vatani Argentinada bo‘lib o‘tayotgan U-20 jahon chempionatida o‘z mamlakati yosh futbolchilariga ustozlik qilmoqda.

Jerar Pike - faoliyatini yakunladi

Joriy mavsumda "Barselona"da Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Jyul Kunde kabi futbolchilarga raqobatda yutqazib qo‘ygan va jamoa zaxira o‘rindig‘iga mixlangan Pike 2023 yilning yanvar oyida faoliyatini tugatganini e’lon qildi. "Mr President" ayni vaqtda "Andorra" klubining egasi va bir qator yirik bizneslarga rahbarlik qiladi.

Jordi Alba - "Barselona" (mavsum yakunida ketadi)

Kuni kecha "Barselona"ni tark etishi aniq bo‘lgan Jordi Alba ham huddi Pike singari raqobatda yosh Aleks Baldega yutqazib qo‘ydi. Shuningdek, Markos Alonsoning transferi ham Albaning asosiy tarkibdan o‘rin olishini qiyinlashtirib yubordi. Natijada u 34 yoshida o‘zi tarbiya topgan klubni tark etishga qaror qildi. Jordi shu kunga qadar "Barsa" uchun 458 ta o‘yinda 27 ta gol urib, 99 ta golli uzatma bergan.

Dani Alves - Qamoqda

Braziliyalik mashhur qanot himoyachisi Dani Alves hozirgi kunda qamoqda. U Barselonadagi tungi klublardan birida yosh ayolga nisbatan shilqimlik qilishda ayblanib, hibsga olingan.

Andeas Inyesta - "Vissel Kobe" (mavsum yakunida ketadi)

Afsonaviy ispaniyalik yarim himoyachi Andreas Inyesta bugun, 25 may kuni faoliyatida "Barselona"dan keyingi ikkinchi klub bo‘lgan Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasini tark etishini e’lon qildi. 39 yoshli xavbek faoliyatini davom ettiradimi yoki yo‘q hozircha noma’lum.

Ivan Rakitich - "Sevilya"

"Barselona"dagi pushka zarbalari bilan kataloniyaliklarning yoqimtoyiga aylangan Rakitich hozirda La Ligada "Sevilya"ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. U jamoasi bilan 31 may kuni "Roma"ga qarshi Yevropa ligasi finalida o‘yin o‘tkazadi.

Buskets - "Barselona" (mavsum yakunida ketadi)

"Ko‘k-anorranglilar"ning markazdagi asosiy tayanchi hisoblangan Buskets Albadan bir necha kun avval "Barsa"dan ketishini e’lon qilgandi. Uning keyingi klubi Saudiya Arabistonidan bo‘lsa ajab emas, chunki arab shayxlari Busiga juda katta maosh taklif qilmoqda.

Neymar - "PSJ"

2017 yilda futbol olami uchun rekord miqdor 222 million yevro evaziga "Barselona"dan "PSJ" safiga ko‘chib o‘tgan braziliyalik superiqtidor Neymar hozirda ham parijliklar sharafini himoya qilmoqda. Biroq u muntazam jarohatlar sabab "PSJ" rahbarlarining hafsalasini pir qilgan ko‘rinadi, ular yozda Neymar bilan xayrlashishga tayyorligi haqida bir nechta fransuz nashrlari xabar berdi.

Luis Suares - "Gremio"

"Barselona"dan keyin "Atletiko Madrid" va "Nasyonal" kabi klublar sharafini himoya qilgan Luis Suares hozirda faoliyatini Braziliyada davom ettirmoqda. U garchi 36 yoshda bo‘lishiga qaramay, "Gremio"da o‘zini to‘purarlik mahoratini ko‘rsatishda davom etmoqda. U joriy mavsumda 22 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Lionel Messi - "PSJ"

Argentinalik superyulduz Lionel Messi 2021 yilda moliyaviy qiyinchiliklar sabab "Barselona"ni tark etgandi. Hozirda 36 yoshni qarshilagan Leo "PSJ" bilan yangi shartnoma imzolamasligi allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurdi. U bor e’tiborini "Barselona"ga qaytishga qaratgan, biroq yana o‘sha muammolar sabab bu ish amalga oshmasligi mumkin.

Abduburxon Mamajonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:51, 25.05.2023.
O'qildi: 5101 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.