Bundesligadagi mavsum kutilganidek yakunlandi, lekin imkon qadar dramatik voqealarga boy bo‘ldi. Oxirgi tur oldidan “Bavariya” Dortmundning “Borussiya”sidan ikki ochko ortda qolgandi va imkoniyatlarni saqlab qolish uchun g‘alaba qozonib, yetakchining qoqilishiga umid qilishlari kerak edi. Va ular kutgandek bo‘ldi. Shundan keyin esa odatda g‘alabadan keyin bo‘lmaydigan narsa yuz berdi.
Bir oz xronologiya bilan tanishamiz:
Uchrashuvning 81-daqiqasi: “Bavariya” Kyolndan gol o‘tkazib yubordi. 1:1 hisobi “Borussiya”ning o‘yin natijasidan qat’i nazar, chempion bo‘lishini anglatar edi;
89-daqiqa: "Bavariya" oldinga chiqib oldi va onlayn turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"Borussiya" o‘z o‘yinini durang bilan yakunladi. "Bavariya" – chempionligi ma’lum bo‘ldi.
O‘yindan so‘ng darhol yangilik paydo bo‘ldi: yuqorida tilga olingan Salihamidjich va "Bavariya" boshqaruvi raisi Oliver Kan klubda ishdan bo‘shatildi.
Qanday qilib "Bavariya" foydasiga bunday qizg‘in tanqiddan so‘ng asosiy boshliqlar klubdan haydab yuborildi?
Salihamidjich 2017 yilda “Bavariya” sport direktori bo‘ldi va 2019/2020-yilgi mavsumda muxlislar undan shikoyat qila boshladilar. Keyin Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa kuchli muvaffaqiyatlarga erishdi va treblni qo‘lga kiritdi, ammo doimiy mish-mishlar murabbiy va Xasanning klubni yanada rivojlantirish bo‘yicha turlicha qarashlari haqida so‘nmadi. Oxir-oqibat, Flik vazifasida ko‘tarilishga erishdi.
Murabbiylar bilan mojarolar Salihamidjichga xos xususiyatga aylangan. Aynan u bilan kelishmovchiliklardan so‘ng Yulian Nagelsmann ishdan bo‘shatildi. Hammasi unchalik yomon emasdek tuyuldi, chunki uning o‘rniga o‘zini sinab ko‘rgan va muvaffaqiyatli murabbiy Tomas Tuxelni oldilar. Ammo tez muvaffaqiyat o‘rniga, "Bavariya" Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi va chempionlikni deyarli qo‘ldan boy berdi.
Agar bularning shu narslargina Salihamidjichning xatolari deb o‘ylasangiz, yo‘q inday emas. Shuningdek, sport direktori sifatida u muvaffaqiyatsiz transferlarda ayblanmoqda.
Xo‘sh, Kan so‘nggi yillarda klubning haqiqiy xo‘jayini edi. Shunga ko‘ra, u "Bavariya"ning Salihamidjich qo‘l ostida sodir bo‘lgan barcha o‘yinlar uchun javobgardir. Oliver Xasandan qutulishi mumkin edi, lekin u unga ishondi va o‘zi ishidan ayrildi. Hatto klubning mutlaq afsonasi maqomi ham uni vazifasida saqlab qolmadi.
“Tabriklaymiz yigitlar. Siz har doim butun kuchingizni oxirigacha berishingiz kerak va hech qachon taslim bo‘lmang! Men siz bilan va erishgan narsalaringiz bilan nihoyatda faxrlanaman", dedi Kan o‘yindan so‘ng.
Shunday qilib, endi "Bavariya" muxlislari qo‘shaloq bayramga ega: birinchisi chemponlik bo‘lsa, ikkinchisi “suyukli” jamoa rahbarlatining ishdan bo‘shatilishi. Aytgancha, Salihamidjichning vorisi nomi allaqachon ma’lum bo‘ldi - avval klubda moliyaviy direktor bo‘lib ishlagan Yan-Kristian Driyesen yangi sport direktori bo‘ladi. Ammo Kanning o‘rnini kim egallashi hozircha noma’lum. Yangiliklarni kutamiz!