Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Mbappe ketma-ket 4-bor Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Mbappe ketma-ket 4-bor Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe qatorasiga to‘rtinchi marta Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Parijliklar hujumchisi Professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) tomonidan Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrinini Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Desham qo‘lidan oldi.

Mbappe bu sovrinni 2019, 2021 va 2022 yillarda qo‘lga kiritgan. Mukofot 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli topshirilmagan.

Lionel Messi (PSJ), Jonatan Devid (Lill), Seko Fofana va Loi Openda (ikkalasi Lans) ham sovringa da’vogarlik qilishdi.

Mbappe Liga 1da 33 ta o‘yinda 28 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionat tugashiga bir tur qolganida u "Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazettdan 1 ta gol farqi bilan to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 09:37, 29.05.2023.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.