Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

2022-2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida APL turnir jadvali qanday ko‘rinish oldi?: "MYU" ikkinchi o‘rinda, "Chelsi" esa...

2022-2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida APL turnir jadvali qanday ko‘rinish oldi?: "MYU" ikkinchi o‘rinda, "Chelsi" esa...

Baho:
+ | -

APLdagi mavsumni ham rasman yakunlab oldik. Kecha bir vaqtning o‘zida boshlangan o‘yinlar yakuniga yetib, kim APLda qolishi, kim YEKLda harakat qilishi-yu, kim uchinchi o‘ringa ega bo‘lishi aniq bo‘ldi. Angliya elitasining jadvali aniq. Ammo mavsumning ikkinchi yarmida qanday natijalar qayd etildi? Yangi yilda "Manchester Siti" yetakchi, "MYU" esa ikkinchi eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan jamoaga aylandi. Aytish mumkinki, "qizil iblislar" Erik ten Xag davrida to‘g‘ri yo‘lga qaytdi. Buni YECHL yo‘llanmasi, liga kubogidagi zafar, qolaversa, Angliya kubogi finali isbot etadi.

Ten Xag jamoasi mavsumning ikkinchi yarmida ikkinchi o‘rindagi "Arsenal"dan ko‘proq ochko to‘pladi. So‘nggi 19 o‘yinda "MYU" "Manchester Siti"dan 6 ochko kam oldi. Bu shuni anglatadiki, yaxshiroq tarkib bilan mankunianliklar chempionlik uchun kurasha oladi.
"Aston Villa" ham ikkinchi qismda yuqori formada harakat qildi. Bu jamoa Unai Emeri qo‘l-ostida o‘sdi deyish mumkin. Buni "Tottenxem" quvib o‘tilgani va YEKL yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani ko‘rsatib turibdi. Emeri keyingi mavsum davomida bu jamoani yanada kuchaytirsa, ajab emas. Birmingemliklar faqat "Liverpul" va "Brayton"ga yeta olmadi xolos.
Shuningdek, mavsum kashfiyotlari bo‘lgan "Brayton" va "Brentford"ni ham alohida ta’kidlash kerak. Bu ikki jamoa mos ravishda 6 va 9 o‘rinlarni band etdi.

Jadvalning eng pastiga qaraydigan bo‘lsak, Chempionshipga yo‘l olgan trio – "Lester", "Lids" va "Sautgempton"ni ko‘rishimiz mumkin. "Chelsi" esa so‘nggi 19 o‘yinda faqat mana shu uchta jamoadan ko‘proq ochko jamg‘ardi. "Aristokratlar" so‘nggi 30 yildagi eng yomon mavsumini o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Garchand klub yanvarda 291 million funtni transferlar uchun sarflagan bo‘lsada, bu ishlar teskari effekt berdi. Xususan, klub mavsumning birinchi yarmida 26 ochko yig‘gan edi. Bu ko‘rsatkich ikkinchi qismda 18 ga tushib qoldi.
Quyida APLning so‘nggi 19 ta o‘yinida jamoalar qayd etgan natijalar taqdim etiladi. Qavs ichida klubning birinchi 19 ta o‘yinda ikkinchisiga qaraganda qancha ko‘p yoki kam ochko yig‘gani ham keltirilgan.

1. "Manchester Siti" – 44 ochko (-1)
2. "MYU" – 38 ochko (+1)
3. "Arsenal" – 37 ochko (-10)
4. "Aston Villa" – 36 ochko (+11)
5. "Liverpul" – 35 ochko (+3)
6. "Nyukasl" – 33 ochko (-5)
7. "Brentford" – 30 ochko (+1)
8. "Brayton" – 29 ochko (+4)
9. "Tottenxem" – 27 ochko (-6)
10. "Vulverxempton" – 27 ochko (+13)
11. "Vest Xem" – 25 ochko (+10)
12. "Bornmut" – 23 ochko (+7)
13. "Kristal Pelas" – 22 ochko (-1)
14. "Fulxem" – 21 ochko (-10)
15. "Nottingem" – 21 ochko (+4)
16. "Everton" – 21 ochko (+6)
17. "Chelsi" – 18 ochko (-8)
18. "Lester" – 17 ochko (0)
19. "Sautgempton" – 13 ochko (+1)
20. "Lids" – 10 ochko (-11)

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:23, 29.05.2023.
O'qildi: 3200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.